O‘pishib ko‘rishish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishimning ustozi opa ukasini yoki singil akasini hatto ona o‘g‘il farzandini(balog‘at yoshiga etgan) o‘pib ko‘rishi mumkin emas debdi. Bu shariat bo‘yicha taqiqlangan debdi. Bu gapga ishonish judayam qiyin, lekin u odamga tushuntirish uchun sizlardan kelgan javobni ko‘rsatmoqchiman. Iltimos, savolimni notug‘ri tushunmaysiz degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu erda shariatimiz juda kam bo‘lsada hozirgi kunimizda uchrab turgan opa-uka aka-singil, qaynota-kelin, qaynog‘a-kelinlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan zinolarni oldini olish uchun ta’qiq qo‘ygan. Sizga g‘arib tuyulishi mumkin, lekin shaxsan birimizga shu masalada murojaat qilganlarning soni 50tadan oshdi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/652 

29 Aprel 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar