Telagramdagi kanallar haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hayati! Men (boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz kabi) sizlarning saytlaringiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni doimiy kuzatib boraman. Hamda ularda yozilganlarga amal qilishga harakat qilaman, chunki bular rasmiy manbaalar. Boshqa kanal yoki manbaalardagi ma’lumotlarga (balki ular rostdir, to‘g‘ridir) e’tibor bermayman (ehtiyotkorlik yuzasidan). Kundan-kunga yangi kanallar ko‘payib boryapti, masalan: Ma’ruzalar_Rasmiy.uz (kanalning izohi: Kanal Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning audio savol-javoblari, dolzarb ma’ruzalari qo‘yib boriladi. Hamda Yurtimizdagi hozirda faoliyat olib borayotgan Ustoz imom domlalar ma’ruzalari. Faqat Rasmiy Manba!), Shayx Muhammadsodiq uz (kanalning izohi: Kanal Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy-ma’naviy meroslarini o‘rganish maqsadida ochilgan.) kabi telegram kanallari. Bu kanallarga havola(link)lar Zikr ahlidan so‘rang kanalining izohidagi ro‘yxatda yo‘q ekan. Bular ham rasmiy kanallar hisoblanadimi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularni birortasini ham bizga aloqasi yo‘q. Quyidagilardan boshqalarini bizga aloqasi yo‘q.
Savollar.islom.uz
islom.uz kanallari:
@Islomuz_kanal
@FiqhUz_kanal
@HilolNashr
@Quranuz_kanali
@wwwIslamUz
@Arabicuz
@BintuSodiq
@Siyrat_uz
@Muslimaatuz
@Hadisislomuz

3 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar