Taksi xizmatida kompaniya pul olib qolishi

Assalomu alaykum! Taksi xizmatida ishlamoqchiman. Mijozlarni o‘zi xaydovchini qidirib topadi. Ya’ni buyurtma taksi xizmati. Bunda maxsus telefon dasturi orqali mijoz buyurtma beradi. Men shaxsiy xisob raqamimga pul tashlayman, gap shundaki masalan mijozdan manzilga etkazganlik uchun 15000 so‘m olsam o‘sha pulni 10 foizini kompaniya shaxsiy xisob raqamimga tashlagan pulimdan olib qoladi, chunki mijoz topib beradigan o‘sha dasturni kompaniya ishga tushurib ro‘yxatdan o‘tkazib bergan bo‘ladi. Xullas mijoz topib bergani uchun xizmat haqi olib qoladi. Bu ribo emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ribo emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar