Odob
Avvalom bor Allox taologa Uzining buyukligiga xos xamdu sanolar bulsin, Paygambarimiz Muxammad salloloxu alayxi vassalamga uzlarining makomlariga xos durudu salovotlar, salomlar bulsin.Xurmatli Xazrat!Mening ismim Botir. Axli oilam bilan sizning «Xadis va Xayot» silsilasidagi, boshka ilgari chop etilgan kitoblaringizni iloji boricha topib ukib, ilm urganishga xarakab kilib kelmokdamiz va yangilarini chikishini intikib kutamiz. Shu kunlarga va Sizdek ulamoni bizlarga etkazgan Allox taologa xamdu sanolar va shukronalar aytamiz. Allox taolo Sizni uz xifzi ximoyasiga olishini va rozi bulishini suraymiz. Sizdek olim insonni tarbiyalab voyaga etkazgan Ota-onangizga Allox taolodan raxmatini suraymiz. Sizni juda xam band inson ekanligingizni bilamiz va shunga karamasdan bizdek ilmsiz odalarga uz kimmatli vaktingizni ayamay savollarga javob berishlaringizga tashakkurlar aytamiz. Shu ishni uzi Siz uchun vakt manosida kanchalik kiyin ekanligini sezib turamiz. Oddiy misol kilib aytadigan bulsak, Siz tomondan bir kunda berilga savollarga tayyor javoblaringizni ukib chikish uchun 2 soatdan kuprok vaktimiz ketdi. Endi biz tomondan berilgan savollarni ukib (ba’zilarida xatolar, chalkashliklar) sabr bilan javob berish uchun (vakti kelganda bir xil savollarga javob berish uchun kitoblarni titish kerak) kancha vakt ketadi... Ushbu ishlarga vaktingizni ajratib sabr bilan javob berayotganingizga kattadan-katta tashakkurlarimizni isxor etamiz. Bu kilayotgan ishlaringizni bizlarga kanchalik foyda berayotganini yozishga ojizlik kilamiz. Albatta, savollar berayotgan birodarlarimizga aloxida tashakkurlar aytamiz, chunki ularning savollari orkali kupgina narsalarni urganib olmokdamiz. Kupincha ular ilgarilab uzimiz uylab xayolimizdan utib turgan savollarni berishadi.Xazrat janoblari! Kitoblaringizni, saytdagi makola va fatvolaringizni ukib uz savollariga javob topib, kachon men xam Shayx Xazratlariga savol yozib ustoz-shogird makomiga erishar ekanman deb, Sizni goyibona Ustoz deb yurgan insonlar borligini bilishingizni xoxlar edim va menimcha nafakat bizning yurtimizda.Shu xatimdan foydalanib savol berayotgan birodarlarimdan utinib surayman fatvo surash odoblariga rioya kilishni, savol surovchi va fatvo beruvchi uzaro murshid va ustoz maqomida ekanligini, savollarimizda odobni va xurmatni esdan chikarmaylik.Xurmatli Xazrat, mavzuga tegishli gaplar bulmaganligi uchun va xatoliklarga yul kuygan bulsam Sizdan uzr surab, tugri tushunasiz degan umiddaman. Bizlarni duo kilishingiz surab kolamiz.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotohu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling. Alloh taolo xayringizni bersin.
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling. Alloh taolo xayringizni bersin.
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya