Qaynonam aralashib oilam buzildi
Assalamu alaykum! Sizlardan bir narsa haqida bilmoqchiman. Uylanganman 5yil bo‘ldi 3ta farzandli bo‘ldik. Ayolim 1yoshligida qaynonam turmushdan ajragan. Uylangandan buyon qaynonam tinchlik bermasdi yolg‘izligiga borib. G‘alva janjanlar talaygina bo‘ldi keragidan ko‘p. 1-farzandim tug‘ilganda 40 kun onasinikida bo‘lgan men bilan urushib bir taloq oldi. Keyin vaqt o‘tib uyga keldi, uyda ham yana bir taloq oldi. Shu yil qishda 3-bolamiz tug‘ildi, keyin yana g‘alvalar bo‘ldi 3-taloqni oldi. G‘alvani asosiy sablari: onasini yolg‘izligi, meni oilamni ota-onamni ukam singlimni yomon ko‘rishi yana bir qator sabablar. Bollar uchun yashadim etim bo‘lmasin deb iloji bo‘lmadi. Oxiri ajrashaman deb turvoldim 3 taloqdan keyin onamni axvoli biz tufayli yomon bo‘lib qolgandi men ko‘p narsaga ko‘z yumdim, lekin onamni ham qiynab yubordi. Keyin ajrashmayman deb turib oldi meni uyimda yashayapti endi. 100 foiz aqli kirdiyu lekin kech bo‘lganmikin deb o‘ylayapman. Men xotinimga shariat hukmicha aytganman, lekin uchalasida ham taloq sonini aytmay taloqni o‘zini aytganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar holat xuddi aytganizdek bo‘lsa shak-shubhasiz oraga uch taloq tushgan. Umringizni zinoda o‘tkazmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar holat xuddi aytganizdek bo‘lsa shak-shubhasiz oraga uch taloq tushgan. Umringizni zinoda o‘tkazmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush