Bid’atdan saqlanish
Assalomu alaykum Shayh hazratlari.Bid’atdan saqlanish uchun, ulamolar o’rtasida ihtilofli bo’lib kelayotgan ibodatlardan ozimni olib qochishni tafsiya qilasizmi yoki kuchli dalil keltirgan tarafga ergashishliknimi? Ba’zi holatlarda ko’proq nafil ibodatlar o’rtasida bir mazhabdagi ulamolar o’rtasida ihtiloflar borligiga duch kelaman, yani bazi guruh ulamolar qaysidur ibodatni bid‘atga yo’ysa, Ihtilof bo’lib kelayotgan savollarni qayta qayta ulamolardan so’rab fitnani uyg‘otgandan ko’ra ushbu ibodatdan saqlanishni tafsiya qilasizmi? Ulamolar bid‘atga chiqarilganini bilgandan so’ng ushbu nafil ibodatni qalbdan muhhabbat bilan qila olmay qolaman. Ollohim dinimizni rivoji uchun qo‘shayotgan hissangiz uchun Jannat bilan mukofatlasin. Bizlarning avlodlarimizdan ham ko‘zlarimiz quvonchiga sabab bo‘luvchi olimlarni chiqarsin. Savolda kamchiliklar bo‘lsa oldindan uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz mazhabni mahkam tutsangiz, shunga o‘xshash holatga tushmaysiz. Mazhabdagi ulamolarning ixtilofi bor masalalarda qanday yo‘l tutish haqida esa, fiqh kitoblarida tushuntirishlar kelgan.
3 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom