Uzrli bo‘lsa ro‘mol ustidan mash tortish

Assalomu alaykum! Onamning boshi betob, uzrli. Ro‘molni echsa boshi og‘rib qoladi, ro‘mol ustidan mash tortsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshga mash tortishning farz miqdori boshning to‘rtdan biridir. Ro‘molni echish ham shart emas. Bir qo‘lni ho‘llab ro‘molning ostidan qo‘lni kirgazib nam qo‘lni boshga tekazib qaytarib chiqarish ham farz ado bo‘lishga kifoya qiladi. Ro‘mol ustidan mash ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 205 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar