Dildan niyat qilish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir tanishim oila a’zolariga, tanishlariga doimiy ravishda yoshligidan "men kelajakda bunday narsaga erishaman" deb takrorlayverardi va kelajakda ana shu narsaga erishdi. Bunday misollarni juda ko‘p keltirishimiz mumkin. Savolim shundan iboratki, inson o‘z niyatini xech kimga aytmasdan faqat Allohdan so‘rab xamda dilida takrorlab yursa xam bo‘ladimi? Ya’ni yon atrofidagi yaqinlariga bildirmay? Og‘zaki bildirgandan amalga oshish ehtimoli past bo‘lmaydimi? Savolim tushunarsiz va noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Asosiysi o‘sha dildagisi. Yana bir narsani aslo unutmaslik kerak, “Allohim, men so‘ragan narsa meni dunyo va oxiratim uchun foydali bo‘lsa bergin” deyish kerak. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 07:15 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar