Shomning uchinchi rakatiga zam sura qilish

Assalomu alaykum! (Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shom namozining ikki rakat sunnatida Kofirun bilan Ixlos surasini qiroat qilardilar). Namoz kitoblarda esa shomning farzini 3-rakatida va sunnatining 1-rakatida zam sura o‘qilmaydi deb yozilgan. Iltimos tushintirish bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tushunmagansiz yoki kitobga noto‘g‘ri yozilgan. Shomning uchinchi rak’atiga zam sura o‘qilmasligi bor. Ammo vitr, sunnat va nafllarning barchasida hamma rak’atlarga zam sura o‘qiladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar