Ahmad Yassaviy silsilasi

Assalomu alaykum! Bugun janoza namozidan so‘ng bir axli ilm inson qabrdagi odamdan 7ta narsa so‘raladi deb, shular orasida “Kimning silsilasidansan” degan savolga “Ahmad Yassaviyning silsilasi” degan javob berish kerak dedilar. Janozadan keyin u insonni o‘zlaridan buni so‘rasam, “bu fiqh kitoblarida bor, shundan aytim” dedilar. Shu haqda shariatimizda nima deyilgani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga bu gapni aytgan kishi dinga o‘zidan qo‘shimcha qo‘shibdi. Birorta ham hadisda bu gap kelmagan, kelishi ham mumkin emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar