Shu gaplarga amal qilsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar berayotgan javobinglarni savobini Alloh ko‘paytirib bersin. Beradigan savollarim quyidagicha: 1. Har kuni uyqudan ertaroq uyg‘onib, niyat qilib, tahorat olib, bir marta ishonch bilan «Allohumma! Anta Robbii. Laa ilaaha illa anta. Xolaqtanii va ana ’abduka. Va ana ’ala ahdika va va’dika mastato‘tu. A’uzu bika min sharri maa sona’tu. Abu’u laka bini’matika ’alayya. Va abu’u bi zanbii. Fag‘fir lii, fainnahu laa yag‘firuz-zunuba illaa anta» istig‘forini o‘qing. Kim uni ishonch bilan nahorda aytsa-yu, o‘sha kuni kech kirishidan oldin o‘lib qolsa, ahli jannatdan bo‘lur. Kim uni ishonch bilan tunda aytsa-yu, o‘sha kechasi tong otishidan oldin o‘lib qolsa, ahli jannatdan bo‘lur. 2. Etti marta “Hasbiyallohu, laa ilaaha illaa huva, alayhi tavakkaltu va huva robbul arshil aziym”ni o‘qing. 3. Uch martadan “Ixlos”, “Falaq”, “Naas” suralarini o‘qing. 4. Bomdod namozigacha 101 marta “Astag‘firullohal aziymallazii laa ilaaha illa huval-Hayyal-Qayyuma va atuubu ilayhi” deb o‘qing, har kuni bomdod namozigacha o‘qing. 5. Bomdod namozidan so‘ng etti marta “Allohumma! Ajirnii minan-naar” o‘qing. 5. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallallohu Alayhi Vasallamga 100 marta salovot ayting. 6. 100 marta “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shay’in qodiyr” deb o‘qing. 7. 100 marta “Subhanallohi va bihamdihi subhonallohil ’aziym” deb o‘qing. 8. Kechgacha “Astag‘firullooha va atuubu ilayh”ni va “Subhanallohi va bihamdihi subhonallohil ’aziym”ni o‘qib yuring. 9. Shom namozidan so‘ng etti marta “Allohumma! Ajirnii minan-naar” o‘qing. 10. Faqat “Shom” va “Xufton” namozlari orasida “Allohumma solli ’ala sayyidinaa Muhammadin va olihi kamaa laa nihayata likamaalika va ’adada kamaalihi”ni o‘qib yuring. Ushbuni har kuni “Shom” va “Xufton” namozlari orasida ayting, chunki xotirani kuchli qiladi. 11. Uxlash vaqtida uch martadan “Ixlos”, “Falaq”, “Naas” suralarini o‘qing, bir marta ishonch bilan «Allohumma! Anta Robbii. Laa ilaaha illa anta. Xolaqtanii va ana ’abduka. Va ana a’la ahdika va va’dika mastato‘tu. A’uzu bika min sharri maaa sona’tu. Abu’u laka bini’matika ’alayya. Va abu’u bi zanbii. Fag‘fir lii, fainnahu laa yag‘firuz-zunuba illa anta»ni o‘qing. O‘zim har kuni ertalabdan kechgacha ushbu “Istig‘for”lar, “Sura”lar, “Tasbeh”lar va “Salovot”larni qaysi vaqt va necha martadan yozilgan bo‘lsa o‘qib yuraman. Bularning hammasini ISLOM.UZ saytidan o‘qib olganman. Endi shularni bitta qog‘ozga jamlab, chiqarib onam va ayolimga berib o‘qib yurishlarini iltimos qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularning barchasiga ochiq-oydin sahih hadislar bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularning barchasiga ochiq-oydin sahih hadislar bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush