Kvartirada avvalgi turganlardan qolgan narsalar

Assalomu alaykum! Biz kvartiraga yaqinda ko‘chib keldik. Oldingi egasi oziq-ovqat maxsulotlari oz miqdorda va ro‘zg‘or buyumlarini tashlab ketibdi. Egasini topishni iloji yo‘q. Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa nomidan sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar