Nega duolarni arabcha o‘qishimiz kerak

Assalomu alaykum! Doim Allohni zikr etishni xohlayman ammo duolar arab tilida bo‘lganligi uchun yod olishga qiynalaman. Jiyanlarimga ham yodlata olmayapman. Hozir o‘ylab qoldim. Nega biz duolarni arabcha o‘qishimiz kerak? Qurʼon arab tilida nozil bo‘lganligi uchunmi? Tarjimalarini aytsak bo‘lmaydimi? Yoki Alloh qabul qilmaydimi? Agar unday bo‘lsa, o‘z tilimizda har kun qiladigan niyatlarimizchi? Ular besamarmi? Yoki Alloh namozni va boshqa duolarni faqat arab tilida o‘qing deb buyurganmi? Bunga dalil bormi? Bu gaplarimdan noto‘g‘ri maʼno anglashilmasin. Savolim g‘alati tuyulgan bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarjimalarini bilsangiz duolarni o‘qiyvering. Namozni o‘zbekcha o‘qish joiz emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 191 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar