tasdiqmi, javobmi

Assalamu alaykum, ustoz.Bir savolga bergan javobingiz qo‘shaloq savollarni tug‘dirdi. Umuman ayrim savollarga javoblaringiz shunday holni tug‘dirayapti. Buni tanqid emas tuwunmaslik deb qabul qiling, ustoz. Misol keltiraman : Hozirgi kunda islomiyqo‘shiqlar juda ham ko‘payibbormoqda. ularni Nasheed yani Nashida deyisharkan (1)Odamlarhar hil xadislarni kuygasolishar ekan. bularni eshitishhozirgi boshqa qo‘shiqlargaqaraganda albatta yoqimli.(2) Bazi manbalarda "Musiqa shaytonning Azoni" deyilgan.(3)Siz bunga qanday qaraysiz,islomiy qo‘shiq aytish yokieshitish to‘g‘rimikin? (4)javobingiz uchun oldindanraxmat martabangiz bundanda ulug‘ bo‘lsin.‘‘ Siz bu savoldagi jumlalarni hammasiga tasdiq sifatida -to‘g‘ri deganmisiz, yoki faqat savolga javob sifatida -to‘g‘ri deganmisiz? Savolimda mijg‘ovlik qilgan bo‘sam, ming bor uzr. Lekin bunaqa hol ko‘p uchragani uchun, ko‘pchilikka shogirdlarizga yoqmasa ham, shu savolni berdim, ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni yaxshilab o‘qing. Uning oxirida “islomiy qo‘shiq aytish yokieshitish to‘g‘rimikin?” deyilgan o‘shanga javob berilmoqda.Undan yuqorida kelgan gaplarning javobi boshqa joylarda berilgan. Umuman hozirga paytdagi savollarning barchasi takror, muolaja qilib bo‘lingan, siyqasi chiqib ketgan savollarning qaytadan yo‘llashdan iborat. Savolning holiga qarab javob bo‘ladi. Ushbu siz ko‘targan mavzu bo‘yicha nimalar bo‘lmadi deyisiz. Shuncha gapdan keyin yana bu savolning o‘zi risolaga to‘g‘ri kelmaydi, desak haqqimiz bor. Ammo odamlar so‘rashmoqda, shunga binoan savolga qarab javob berilmoqda.

3 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar