Qarzimni qandey qaytaraman

Assalomu alaykum! Bu voqea ancha yil burun bo‘lib edi. Kursdoshlarimiz bilan paxta terimida edik Qurbon xayiti kuni saxar tongda terimga ketayotganimizda oldimizdan katta bir qo‘chqor chiqdi u yaqin atrofda odam yashamasligi sababli xar kim o‘zicha tabir qildi xullas o‘sha qo‘qorni o‘sha kuni so‘yib edik. O‘shanda nafs ochlik qildimi xullas keyin bu ishimizdan pushaymon bo‘ldim. Voqeadan bir oylar o‘tib, o‘zimcha o‘sha kuni yarim kilo go‘sht egandirman deb xisoblab. Bir nochor oilaga bir qop un, yog‘ va go‘sht olib xayr qilgan edim. Lekin xali xam ko‘nglimda gumon bor nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egasini topib roziligini olinglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar