Riboga aralashga bo‘ladimi?

Assalomu aleykum wr wb hurmatlik Ustoz... Allohim sizga va ahlingizga O‘z mag‘firati va rahmatini yog‘dirsin. Robbimiz xalqimiz uchun qilayotga ximatlariz uchun ko‘plab ajru savoblar ato etsin. Ustoz Sizga quyidagi savol bilan murojaat etishga ruhsat bersangiz. Bu savolni bir birodarimiz tomonidan so‘rab berishni iltimos qilgan edi.Birodarimizning opasi o‘g‘lini chet elga chiqarish uchun bir kishidan foizga pul olibdi. Endi shu foizga olingan pulni qaytarib berish uchun birodarimizdan mablag‘ so‘rayabti. Birodarimiz albatta buni inkor qildi. Lekin opasiga yordam bera olmagani uchun xijolatda. Savoli shuki, agar o‘sha foizga olingan pulning foizi bilan emas faqat o‘sha pulning tanini, yani boshida qancha pul olgan bo‘lsa faqat o‘sha pulni opasiga berib tursa, foizini o‘zlaring qanday qutulsalaring shunday qutilinglar deb aytsa va foizini berishda aralashmasa ham riboga aralashib qolib gunoh qilgan bo‘ladimi? Agar riboga aralashish xavfi bo‘lsa birodarimiz opasiga yordam bermoqchi emas. Javobiz uchun oldindan rahmat. Allohim ilmingizni yanada ziyoda va barokatli qilsin.....
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tanini bersa bo‘ladi. Foyizini emas.

3 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar