Qog‘oz ko‘rinib qolsa

Assalomu alaykum! Old avratga tiqilgan qog‘ozning cheti ko‘rinib qolgan bo‘lsa lekin avrat teshigini ikki yonidan qisganda qog‘oz ichkarida qolib ketsa tahorat buzilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qog‘ozning cheti ko‘rinib qolishining o‘zi tahoratni buzmaydi. Zakarning uchidan tashqariga yoki unga solingan qog‘ozning zakardan tashqariga chiqib turgan qismiga siydik yoki biror suyuqlik o‘tmagan bo‘lsa tahorat sinmaydi. Vallohu a’lam!

28 Sentabr 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 123 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar