Boshdan kon oldirish sunnatmi?

Assalomu alaykum,Shayx xazratlari. Men sizga Ush shaxridan yozyapman.Yakindan beri boshining yonboshidan kon oldirgan birodarlar kupayib ketdi.Surasam,paygambarimiz tez-tez kon oldirib turgan ekan.Miyada xarom kon tuplanib kolarkan,shuni oldirib turilsya miya faoliyati xam yaxshilanarkan.Xatto ibn Sinoni kitoblarida xam shu narsa bor ekan deyishyapti.Uzimning yakin dustlarimdan ba’zilari oldirdi va ba’zilari oldirish arafasida.Shu narsa saxix ekanmi desam xa deyishyapti.Kon oldirish kuyidagicha bularkan.Boshni yonboshini piska bilan kesarkan.Keyin usha erga uchiga shlanga tikilgan molni shoxini kuyib shlangada vakuum xosil kilib kon surib olinarkan.Dustlarimni boshida shoxdan kolgan yumolok iz xam saklanib turibdi.Iltimos,shunga aniklik kiritib bering
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
QON OLISh JOYI VA ZAMONIBizda «qon olish» deb ataladiyotgan istiloh arablarda ikkiga bo‘linadi. Birinchisi «hijoma» deb atalib, boshdan qon olishni anglatadi.Ikkinchisi «fasd» deb atalib jismning boshdan boshqa qismidan qon olishni anglatadi. Issiq o‘lkalarda, jumladan, arabistonda boshdan qon olish foydali bo‘lgani uchun «hijoma» istilohi mashhur bo‘lib ketgan.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehromdalik hollarida boshlarining bir tomoni og‘riganda, boshlaridan qon oldirdilar».Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ehrom bog‘lab Makkai Mukarrama tomon ketayotib muborak boshlarining bir tomoni og‘rib qolgan. Lehyay jamal nomli joyga etganlarida qon oladigan mutaxassisni chaqirtganlar. Shunda Abu Tiyba nomli hajjom kelib U zotning boshlaridan qon olgan.Anashundan qon oldirish lozim xastalik oriz bo‘lganda qon oldirish kerak, ehromdalik holda ham qon oldirsa bo‘ladi, degan hukmlar olingan.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimalari Salmadan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam kim boshidagi xastalikdan shikoyat qilsa, qon oldir, der edilar. Kim oyoq og‘rig‘idan shikoyat qilsa, hinno qo‘y, der edilar».Albatta, Salma roziyallohu anho o‘zlari guvoh bo‘lgan narsaning xabarini bermoqdalar. U kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bosh orig‘i yoki oyoq og‘rig‘i ila murojaat qilgan hamma odamlarni va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ularga bergan barcha maslahatlarini qamrab olgan ilmga ega ekanliklarini da’vo ham qilganlari yo‘q. Ikkinchidan bu ishlar va maslahatlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yashab turgan muhit, sharoit va bemorlarning xususiyatiga qarab, tajribaga suyanib aytilgan. Bu hadisi sharifdan har qanday bosh og‘rig‘iga qon oldirish, har qanday oyoq og‘rig‘iga hinno qo‘yish davo ekan degan xulosa chiqarib olish kerak emas.Abu Kabsha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshlaridan va ikki kuraklari orasidan qon oldirar edilar va:«Kim mana shu erdan qon oqizsa, bir narsa ila, bir narsa uchun davolanmasa ham bo‘laveradi» der edilar».Ikkisini Abu Dovud rivoyat qilgan.Bu gapdan vaqti-vaqti bilan mazkur joydan qon oldirib turgan odam xastalikka duchor bo‘lish ehtimoli kamayadi, degan ma’no kelib chiqadi. Shuning uchun ham avvallari bahor mavsumida zuluk solish odati bo‘lgan. Hozirgi paytda ham tajriba qilganlar bu ma’noni tasdiqlaydilar.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bo‘yinlarining ikki tomonidagi tomirlaridan va elkalarining yuqori qismidan qon oldirar edilar. O‘n ettinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirma birinchi kunlari qon oldirar edilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.Qonni qaerdan oldirish ham ahamiyatli. Ko‘ringan joydan qon oldiraverish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Balki ushbu hadisi sharifda zikr qilinganga o‘xshash mutaxassislar tajriba orqali aniqlagan va foydali ekanini tasdiqlagan joydan oldiriladi. Albatta, qonni qaerdan olishni bemor emas, balki, tabib belgilaydi.Ikkinchi muhim narsa qonni qachon oldirish masalasi. Ushbu rivoyatda kelishicha Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oyning «O‘n ettinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirma birinchi kunlari qon oldirar edilar». Bu o‘ta muhim narsa. Chunki, oy erning yo‘ldoshi u bilan doimiy bog‘liq. Oy kechasi erga nur sochib turadi. Oyning tortish kuchi ham erga va undagi narsalarga o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Oyning bundan boshqa ta’sirlari ham juda ko‘p. Bas shundoq ekan oyning yangi chiqqan kunidagi ta’siri boshqacha, to‘lin bo‘lgandagi ta’siri boshqacha va oxirlab qolgandagi ta’siri boshqacha bo‘lishi turgan gap. Qon olish inson vujudida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan jarayon. U ishni eng munosib sharoitlarda qilish kerak. Ana o‘sha sharoitlardan biri u amaliyotning qilish vaqtini to‘g‘ri tanlay bilish kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tasdiqlangan tajribalarga suyanib ushbu rivoyatda zikri kelgan kunlari qon oldirar ekanlar. Ulamolar bu ishning hikmatini anglash uchun tajriba o‘tkazib haqiqatda mazkur kunlar qon oldirish uchun eng munosib kunlar ekanligini tasdiqlaganlar. Bu haqiqatni Ibn Qayyum al-Javziyya o‘zining «Zodul Ma’od fii Hadyi xoyril ibod» nomli kitobida batafsil bayon qilgan.Hozirda endi-endi bu masalaga bir oz e’tibor berilmoqda. Ba’zi bir jarrohlik amaliyotlarini mavsumga qarab qilishga o‘tilmoqda. Tez-tez «magnit bo‘roni» kunlari yurak xastaligiga chalinganlar o‘zlarini ehtiyot qilishlari kerakligi e’lon ham qilinmoqda. Ilm o‘sib boraversa hadisi shariflarda bundan ming besh yuz avval tatbiq qilingan holatga etishib olinsa ham ajab ermas.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim o‘n ettinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirma birinchi kunlari qon oldirsa, har bir darddan shifo bo‘lur», dedilar».Albatta, qon oldirishga bog‘liq dardlardan shifo bo‘ladi.Nabiy sollallohu alayhi vasallam seshanba kuni qon oldirishdan nahiy qilar va:«U kun, qon kunidir. Unda bir soat bor, unda (qon) to‘xtamas», der edilar».Ikkisini Abu Dovud rivoyat qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning seshanba kunini qon kuni nomi ila ataganlarini ulamolarimiz ikki xil ta’vil qiladilar.Birinchisi, Qobil Hobilni seshanba kuni o‘ldirgan. Odam bolasining qoni birinchi bor seshanba kuni oqqan. Shuning uchun bu kuni qon kuni hisoblanadi va u kunda qon oldirish marg‘ub emas.Ikkinchisi, haftaning seshanba kuni insonning qoni faollashgan bo‘ladi. Agar o‘sha kuni qon oldirsa, qoni to‘xtashi qiyin bo‘ladi.Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga isro qildirilgan kecha haqida so‘zladilar. Albatta, qaysi bir farishtalar to‘pi oldidan o‘tsalar, ummatingni qon oldirishga amr qil, deganlari haqida so‘zladilar».Ushbu rivoyatlarda qon oldirishga ko‘p targ‘ib qilinishining asosiy sababi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va o‘sha paytdagi musulmonlar o‘ta issiq mintaqa hisoblangan Hijozda yashaganlaridandir. Ularning sharoiti shunoq bo‘lishini talab qilgan.Ikrima roziyallohu anhu aytadi:«Ibn Abbos roziyallohu anhuning uchta qon oluvchi g‘ulomlari bor edi. Ulardan ikkitasi unga va uning ahliga daromad keltirar edi. Bittasi undan va uning ahlidan qon olar edi». Ibn Abbos, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Hajjom qandoq ham yaxshi banda, qonni ketkazadi, quyilganni engillashtiradi va ko‘zni ravshanlashtiradi», deganlar», dedi».Boshqa bir rivoyatda:«Albatta, qaysi bir farishtalar to‘pi oldidan o‘tsalar, qon oldirishni lozim tut», dedilar».Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.Bu rivoyatdagi yangicha ma’no qon olishni kasb qilib daromad topish, o‘zi va oilasi uchun xos tabib-qon oluvchi ixtiyor qilish joizligidir.Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qon olishni kasb qilib olgan shaxs-hajjom haqida yaxshi so‘zlar aytganlaridir.Uchinchi narsa, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qon olish tufayli etadigan foydalardan uchtasini zikr qilganlaridir;1. «qonni ketkazadi»Ya’ni, qon olish orqali bemordagi xastalikka sabab bo‘layotgan qon chiqib ketadi.2. «quyilganni engillashtiradi»Qon oldirish darajasida xasta bo‘lganlarning ko‘plarining qoni quyilib, qon tomirlari qotishib qolishi ma’lum. Qon olish tufayli qolgan qon ham suyuqlashadi, tomirlar ham yumshab qon aylanish jarayoni o‘z holiga qaytadi.3. «va ko‘zni ravshanlashtiradi»Bu ham tajribalardan o‘tgan holat.

21 Апрел 2022, 09:49 | Савол-жавоблар | 185 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar