Baxt boylanip qolishi

Shayx Xazratlari. Bitta qiz bilan anchadan beri tanishmiz u biza qizla bilmagan ko‘p narsalani biladi. Dinimizdan azgina bo‘sayam xabari bor. Allohga ishonadi Qur’on, Xadis kitoplarini ko‘p o‘qidi. Doim chorsuga o‘tsa shunaqa kitobla sotvoladi. Qizla bilan ko‘rishib qose shunaqa aqlli gapla gapiradi xammamiz gaplariga maxliyo bo‘p qolamiz, qivotgan ishimizni gunohi savobini shu darajada chiroyli qib chuntirberadiki keyingi safar uni oldida usha ishi qimasliga xarakat qilamiz. O‘qimidi ishlamidi uyda o‘tiradi. Xichqanaqa yigit bilan uchrashmidi tanishmidi. Ochu sochu kiyinadiganladan o‘zini tortadi. Lekin o‘zi xijobdamas romol o‘ramasdan yopu kiyinadi. Kop kotta ayollayam uni gaplariga xayron bo‘p qarashadi tarbiya bergan ota onangga raxmat diyishganini eshitsam unga xovosim keladi. Tanimagan odamlarigayam salom berib, ubu narsa so‘raganlaga shirin momila qiladi. U bilan tanishganimga shu yil 7yil bo‘ladi. Shu 7yildan beri xuddi shunaqa bo‘p kegan o‘zgarmagan. Lekin kecha shu qiz manga yeg‘lap uyidi sharoitini gapirberdi. Uni etishi bo‘yicha unga shu yoshigacha bittayam sovchi kemaganakan faqat og‘izda so‘rattirip kemasdan yo’q bo‘p ketisharkan. Oyisi bu yoshligida adasini o‘qittirib turganakan. Chunki tinmi oyisini urvurarkan. Keyin kelin tushirishipti kenayisiyam ko‘ngilde chiqmapti akasiyam onani unutib faqat xotinim didigan bo‘gandan keyin onasi yana majburan borib o‘g‘li bilan kelinini 4-5matta o‘qitipdi. Lekin foydasi bo‘mapti bitta qo‘shniligi qizzi baxt yo’liga o‘qitvorin bo‘masam bunaqada baxti ochilmidi digan gapiga kirib, qatta yaxshi o‘qidigan odam bor dip eshitishsa ushanga borib o‘qitvurishipti. Xatto yoshligida adasini o‘qib qo‘ygan kampirikigayam borishipti va uni etgani bo‘yicha xarkuni o‘qitilgan qumlani gazda qizitip ko‘chalaga sepishipti, ninalani qizdirip ko‘chaga tashashipti, isiriqla tutatishipti, dam solingan suvlani uy va ko‘chalaga sepishipti, Fotixa surasini o‘qib tumor qiberipti uniyam doim yonida op yuripti. Usha paytta bu qizga qiziqib qogan 3-4ta yigitlani rasmlarigacha o‘qitishipti. Xichkim bilan uzoq vaqt gaplashomapti nimadur sabab bo‘p ajralip ketishvurarkan. Xullas 6yil shunaqalaga yilda 4-5mattalap qatnap yurvurishipti. Lekin umuman foydasi bo‘mapti. Keyin 1yil bitta ayolli topip ushanga qatnapti u ayol faqat Yosin surasi bilan rasmga va shag‘amga o‘qiberarkan. Uyga kep shag‘ammi yoqib yoniga rasm qo‘p qo‘yarkan. Lekin buniyam foydasi bo‘mapti lekin namozlarini o‘qib Allohdan baxtini so‘rap yurvuripti. Lekin bir kun ertalap uyqudan uyg‘oniptide o‘zidan o‘zi odam o‘qidiganladan nafratlanip ketipti. Endi xichqachon unaqalaga bormiman dip o‘ziga o‘zi so‘z beripti. Shungayam 1yil bo‘pti ushandan beri bunaqa narsalaga ishomasakan qaytip xichqayoqqa bormapti, boraman diganlani bu yo’ldan qaytararkan. Lekin yaqinda bittasidan qiz bola o‘qitishga ko‘p joylaga borvursa o‘z baxtini o‘zi boylap qo‘yadi digan gappi eshitipti, endi xar kuni o‘zimmi o‘zim baxtimmi boylap qo‘yimmande dip kechasi uxlomasdan yeg‘lap chiqarkan. Uni gaplaridan unga raxmim kep yeg‘ladim. Xatto bugun tushimdayam uni g‘amgin xolatda ko‘rdim. Shunin uchun sizdan u qiz uchun maslaxat so‘rash uchun yozishga xarakat qildim. Xazratim baxt boylanip qolishi bor gapmi? Unga maslaxat berin xozirgi xolatida u nima qisa Alloh uni qiganlarini kechiradi va baxti ochiladi? Uzun yozvorganim uchun uzr qando eshitgan bo‘sam shundo yozdim. Javob uchun oldindan raxmat. Alloh sizdan rozi bo‘sin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Baxt boylanib qolishi yo‘q gap. Alloh taologa ko‘p duo qilsin.

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 208 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar