vitr namozi haqida

Assalamu Alaykum,hazrat. Muborak Ramazon oyingiz qutlug bulsin!! Men arab diyorida ishlayman, bu erda vitrni boshqacha oqishadi, 2 yil buldin, taroveh namozlaridan keyin vitrni imomga iqtido qilib uqib kelaman.chunki ihtilof chikmasligi uchun, kim qaerda bulsa shu mazhabga amal qilishi kerak degan fatwoni eshitgan edim. Bugun Imom 8 rakat tarovehdan keyin vitrni uqish qoidalarini tushintirdi. Aytdiki, Rasululloh SAV vitrni 3 rakat tashahhusiz uqiganlar, agar kim kup uqimoqchi bulsa,toq uqisin,5 uqisa 2/2 dan uqib ohirida 1 rakat uqisin, huddi shunday boshqa toq rakatlarga ham shunday qilnadu dedi, 3 rakatli vitrdan boshqa. Vitr namozi shom namoziga uhshab qolmasligi kerak dedilar, va 3 rakatni tashahuddiz uqidilar,masjidda odam liq tula edi. Men keyin imkon topib suradim imomdan, ular aytdilarki Rasululloh shunaqa uqiganlar, sunnat shu dedilar. men bu qaysi mazhabda, Bangladesh,Pokiston,Hindiston taraflarda boshqacha o‘qilishini aydtim. ular aytdilarki, Rasululloh SAV davrida mazhab bulmagan dedilar. shu bilan suhbatimiz tugadi,kuproq savol bersam boshqacha fikrga bormasinlar deb hayrlashib quydim. savol-javob matnida izlab shu mavzu togrisida sizga berilgan savolni topdim, siz bu narsa notugri degan ekansiz. biz bu masalada nima qilaylik, vitrni ular bilan uqiveriylikmi yoki uyga kelib uqib olishimiz tugrimi. Alloh sizdan rozi bulsin!!! Siz shu davlatga kelganingizda sizni kurish va gaplashish bahtiga muyassar bulganman, Allohga shukur. Ustoz sizni duo qilamiz, bizni ham duo qilib turing.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zlaringiz o‘qinglar.- Quyidagi ma’lumotlarni bilib olinglar.Bir salom bilan uch rak’atli Vitr o‘qish vojibdir.«Vitr» so‘zi bizning tilimizda «toq» ma’nosini bildiradi. O‘rganayotgan jumlamizda «bir salom bilan» degan iboraning kelishiga Shofe’iy mazhabidagi «Uch rak’atli Vitrni ikki salom bilan o‘qiladi» degan gap sabab bo‘lgan. Ularda oldin ikki rak’at o‘qib salom beriladi. Keyin alohida bir rak’at va unda «Qunut» duosi o‘qilib, yana salom beriladi.Bizning mazhabimizda uch rak’atda bir salom berish qabul qilingan. Shuningdek, bizda Vitr namozi vojibdir.Hanafiy ulamolar Vitr namozini «vojib» deganlarida o‘z xayollaridan chiqarib aytmaganlar. Ular bu gapni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga suyanib aytganlar.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ey, ahli Qur’on, Vitr namozi o‘qing. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko‘rur», – dedilar».«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Xorija ibn Huzofa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar va:«Albatta, Alloh taolo sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U sizlar uchun qizg‘ish tuyalardan ham yaxshidir. U ham bo‘lsa, Vitrdir. U zot sizlarga uni Xuftondan to tong otguncha qildi», – dedilar».Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Kechasidagi oxirgi namozingizni Vitr qilinglar»,– dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilishgan.Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U Vitrdir. Bas, Xuftondan to tong otguncha uni o‘qinglar»,– dedilar».Dora Qutniy va Tobaroniy rivoyat qilishganBoshqa yana ettita sahobiydan ham bu rivoyat keltirilgan.Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Vitr har bir musulmonga haqqu vojibdir»,–dedilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.Ko‘rinib turibdiki, Vitr namozi sunnat namozi saviyasidan yuqori. Agar shundoq bo‘lmasa, ushbu hadislar aytilmas edi. Shu bilan birga, bu hadislarning dalillik kuchi farz namozlariga dalil bo‘lgan oyat va hadislar dalillik kuchi darajasida emas. Shuning uchun, Hanafiy ulamolar Vitr namozini vojib deb, farz namozidan keyingi, sunnat namozidan oldingi o‘ringa qo‘yganlar. Eng kuchli dalillardan biri bu namozni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon tark qilmaganlaridir. Bu esa, Vitr namozi oddiy sunnat namozi emasligini yaqqol ko‘rsatadi.Uchinchi ruku’dan oldin ikki qo‘lini ko‘tarib takbir aytadi va «Qunut» duosini o‘qiydi. U doimiydir va Vitrdan boshqa namozda yo‘qdir.Hanafiy mazhabi bo‘yicha, Vitr namozida «Qunut» duo-si o‘qiladi. Vitr namozining uchinchi rak’atida qiroatni tamom qilganidan so‘ng namozni boshlashdagiga o‘xshatib takbir aytib, ikki qo‘lini quloqlarining yumshoq joyigacha ko‘taradi. So‘ngra qo‘llarini kindigi ostiga qo‘yadi va «Qunut»ni o‘qib, keyin ruku’ga ketadi. Hanafiy mazhabi Vitrda ruku’dan oldin «Qunut» o‘qishga quyidagi dalillarni keltirishadi:Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vitr ruku’idan oldin «Qunut» o‘qir edilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vitrda ruku’dan avval «Qunut» o‘qirdilar. So‘ngra onam Ummu Abdni yubordim. Bas, u kishi u zotning ayollari oldida yotib qoldilar va kelib menga u zotning Vitrda ruku’dan oldin «Qunut» o‘qiganlari xabarini berdilar».Dora Qutniy rivoyat qilgan.Bunga o‘xshash rivoyatlar juda ham ko‘p.Hanafiy va Molikiy mazhablari qunutda o‘qiladigan duoga ushbu dalilni keltiradilar:Imom Abu Dovud Xolid ibn Abi Imrondan rivoyat qiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muzarning ziddiga duo qilayotganlarida birdan Jabroil keldi va u zotga, jim, deb ishora qildi. Ul zot jim bo‘ldilar. Bas, u: «Ey, Muhammad, albatta, Alloh seni so‘kong‘ich qilib ham, la’natlovchi qilib ham yuborgani yo‘q. Albatta, seni olamlarga rahmat qilib yubordi. Senga ishdan hech bir narsa yo‘qdir», – dedi. So‘ngra «Qunut»ni o‘rgatdi:«Allohumma innaa nasta’iynuka va nastag‘firuka. Va nu’minubika va natavakkalu alayka. Va nusniy alaykal xoyro kullahu. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabaka. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq».Duoning ma’nosi:«Allohim, albatta, biz Sendan yordam so‘raymiz, Senga istig‘for aytamiz. Va Senga iymon keltiramiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga shukr keltiramiz, kufr keltirmaymiz. Kim Senga fojirlik qilsa, uni ajratamiz va tark qilamiz. Allohim, Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz, Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Va Sening rahmatingni umid qilamiz va azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, Sening haq azobing kofirlarga etguvchidir».Sahobai kiromlar ushbu duoga ittifoq qilganlar, bu duo hazrati Umar va u kishining o‘g‘illari Abdulloh ibn Umarning duolari sifatida ham mashhur bo‘lgan.Kim «Qunut» duosini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa, sahv sajdasi qiladi.«Qunut» duosini bilmagan odam uni yodlab olguncha uch marta «Allohummag‘fir lii» desa yoki «Robbanaa a’tina»ni o‘qib tursa, bo‘ladi.Uning har bir rak’atida «Fotiha»ni va bir surani qiroat qiladi.Abdulaziz ibn Jurayj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Oishadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima ila Vitr o‘qishlarini so‘radik. U kishi:«Birinchi rak’atda «Sabbihisma Robbika»ni, ikkinchi rak’atda «Qul yaayyuhal kaafiruun»ni, uchinchi rak’atda «Qul quvallohu ahad» va «Mu’avvazatayni»ni o‘qir edilar», – dedi».«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Boshqa rivoyatlarda uchinchi rak’atda faqat «Qul quvallohu ahad»nigina o‘qishlari aytilgan.«Mu’avvazatayni»–«Qul a’uuzu birobbil falaqi» va «Qul a’uuzu birobbinnaasi» suralaridir.Ushbu hadisdan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘pincha uch rak’at Vitr o‘qiganlari ochiq-oydin bilinmoqda.Iqtido qiluvchi qunutning ruku’idan keyin duoda imomga ergashadi. Bomdodning qunutida ergashmaydi. Balki sukut saqlaydi.Odatda, Taroveh namozida Vitr ham jamoat bilan o‘qiladi. Shunda muqtadiy imomning ortidan «Qunut»ni o‘qiydi. Hanafiy mazhabidagi namozxon Bomdod namozida Shofe’iy mazhabidagi imomga iqtido qilgan bo‘lsa, imom o‘z mazhabiga binoan «Qunut»ni o‘qiganda, muqtadiy sukut saqlab turaveradi.

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 384 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar