Yutuqli o‘yinlardan yutilgan sovg‘alar hukmi
Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati! 2569-savolda lotoreya o‘yinida yutilgan har qanday yutuq harom ekanligini aytib o‘tibsizlar. Ushbu javobdan so‘ng meni bir nechta savollar o‘ylabtirib qo‘ydi. Hozirda ko‘plab tashkilotlar tomonidan turli xil ko‘rinishda aktsiyalari o‘tkaziladi. Masalan, “kanalimizga a’zo bo‘ling va yutuq sohibiga aylaning” yoki “sahifamizni boshqalarga ulashing va yutuq sohibiga aylaning”. Mana shunday aktsiyalarda foydalanuvchilarning ro‘yxati tuziladi va qur’a tashlash natijasida g‘olib aniqlanadi. Savol: Ushbu aktsiyada g‘olib bo‘lsangiz, yutug‘ining hukmi qanday bo‘ladi.
Agar yutuqning hukmi harom bo‘lsa, yutilgan sovg‘ani o‘zimda qoldirib, uning narxicha keladigan pulni ehson qilsa to‘g‘ri bo‘ladimi? Radio/TV/Internetda biror bir tashkilot o‘zining mahsulotini reklama qilish maqsadida turli xil o‘yinlarni o‘tkazishi mumkin. Masalan, bizning oila 5-10 yil oldin radioda shunday o‘yinda ishtirok etib, turli xil savollarga javob berib g‘olib bo‘lganmiz. Natijada ushbu tashkilotning rahbari shaxsan o‘zi sovg‘alarni uyga olib kelgan. U sovg‘alar esa allaqachon ishlatilib bo‘lingan. Agar ushbu yutilgan sovg‘alarning hukmi harom bo‘lsa, uning sovg‘alarining pulini hozirda ehson qilib yuborishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Umumiy qoida: ko‘pchilik pul tikib, garchi ozginadan bo‘lsa ham ulardan biriga o‘sha pul yutuq sifatida etishi qimor hisoblanadi. 2). Bir tomon o‘zi tarafidan yutuq qo‘ysa uni olish joiz. Masalan, biror tashkilot sport musobaqasini uyushtirib, qatnashuvchilardan pul olmasdan o‘zi tarafidan yutuq tayinlasa g‘olibga uni olish joiz. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 09:56 | Савол-жавоблар | 140 | Halol va harom