makruh amallar bilan noto‘g‘ri (bidat) amallarning farqi
Assalomu alaykum! 1) Dinimizda makrux amallar va noto‘g‘ri amallarning (irimlar) farqi nimada? Masalan nimaga asoslanib cheti uchgan piyolada choy ichish makruh va nima uchun ko‘chaga chiqqanda narsasi esiga tushsa ham ortga qaytib bo‘lmaydi yoki yo‘lingni qora mushuk kesib o‘tsa ortga qaytish kerak degan so‘zlarga irim deyiladi. Men cheti uchgan piyoladi suv ichish yoki ichmaslik ham kishidagi irimga ishonish yoki ishonmasligiga bog‘liq deb o‘ylardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Har bir sunnat Alloh taologa muqarrab bo‘lishga qo‘yilgan nurli bir zinadir. Inson qancha sunnatga ko‘p amal qilsa, Allohga bo‘lgan muqarrabligi shuncha ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun sahobai kirom roziyallohu anhumlar sunnatning katta yoki kichigini ajratmaganlar. Hamma vaqt sunnatni topib unga amal qilishga harakat qilganlar. Ba’zi vaqtlarda eshita olmagan sunnatlarini eshitib, qattiq afsusga tushganlar. Ular nazdida insonning insoniylik ekanligi Allohning nazdida muqarrab bo‘lishga qo‘yilgan me’yorlari sunnatdan iborat edi. Bid’at esa o‘sha sunnatni o‘rnini qoplagan zulmatdir. Qancha bid’at ko‘paysa, shuncha sunnat yo‘qolib boraveradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nafaqat ko‘rib turgan narsalariga, balki g‘aybga ham aloqasi bor edi. Alloh taolo u zotga boshqalar ko‘ra olmaydigan narsalarni ko‘rsatgan. Hatto amallarning misolini ham ko‘rsatgan. Bir hadislarida “Qon oldirganning ham, olganning ham ro‘zasi ochiladi” deganlar. Boshqa bir hadisda o‘zlari qon oldirganlari rivoyat qilgan. Yana bir necha hadislarida “falon ishni qilgan, falon ishni qilmagan mo‘min bo‘lmaydi, musulmon bo‘lmaydi” deganlar. Shuningdek uchuq piyolada suv ichishdan ham qaytarganlar. Bu narsalar irim uchun emas, aksincha u zotga qon oldirgan yoki olganning ro‘zasi qon to‘kkanligi tufayli mukammal bo‘lmaganligini Alloh taolo u zotga ko‘rsatganligidan aytganlar. Falon ishni qilgan yoki qilmaganlarning mo‘mini komil bo‘lmasliklari ham Alloh taolo tarafidan ularning misoli o‘sha ishlar tufayli noqis ekanligini Alloh u zotga ko‘rsatganligi uchun aytilgan. Masalan shaytonlardan omonda bo‘lish uchun “Oyatul kursiy” va ba’zi suralarni o‘qishni aytganlar. Bular ham shular o‘qilganda shayton qanday holatda bo‘lishini Alloh u zotga ko‘rsatganligi uchun aytganlar. Fuqaholarning nazari esa zohiriga qarab bo‘ladi. Shuning uchun ro‘zani ochilish yoki ochilmasligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari qon oldirganlariga qarab ochilmaydi deb hukm qilaveradilar. Uchuq piyolada ichishning sababini bayon qilib, “uchgan joyiga shayton bavl qilib qo‘yadi” deyilgan. Hadisning matnida shayton o‘tiradigan joy ham deyilgan. Hozirgi kun fani u erga mikrob joylashadi degan gaplarni sabab qilishadi. Irimlarga kelsak ularni insonlar o‘zlari to‘qib olishgan. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘rsatilgandek man qilingan joylari yo‘q. Aksincha bunday irimlardan o‘zlari qaytarganlar. Bid’at bilan sunnatni ajratish uchun biz ham sahobalardek sunnatlarni qidirishimiz va har bir bilgan sunnatimizga amal qilishimiz kerak. Kundan-kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir sunnatlarida ko‘plab hikmatlar, shariat makruh degan narsalar ostida qanchalar zararlar borligini fan tasdiqlab bormoqda. Shuningdek fan irimchi ota-onalarning farzandlari badgumon, qo‘rqoq, hamma narsaga shubha bilan qaraydigan bo‘lishini tasdiqlamoqda. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:05 | Савол-жавоблар | 173 | Halol va harom