Oilada er va xotin urni

Assalomu aleykum Shayx xazratlari. Kilayotgan ishlaringizda Allox sizni kullasin, xar on ajr bersin.Saytdagi savol-javoblarni ukib turaman. Javoblaringizni batafsil, dalillar asosida yoritib berayotganingiz uchun sizga katta raxmat.Uzim Samarkandlik, yoshim 27 da, 2007 yil uylanganman, ayolim boshka viloyatdan. 2008 yil Alloxni irodasi bilan kizlik buldik. Birga ukib, yaxshi kurishib, ukishdan keyin turmush kurganmiz. Tuydan 3 oy keyin kelishgan xolda Toshkentga ishlashga keldik. Ayolimni Toshkentda uz uyi bor, shu uyda yashadik. Kelishmovchiliklarimiz kup bulib turardi. Undan tashkari ish yuzasidan ayolimni ota-onasi kelib turardi. 2010 yil avgustlarida ayolim janjallashganimizda meni uyimda yashayapsiz deb minnat kiladigan, uydan keting deydigan bulib koldi. Jonimdan utgandan ketamiz Samarkandda kelinlik uyingda yashaymiz dedim. U bormayman dedi. Uzim ishimdan ta’til olib ketvordim. Uyda bir oycha uylab kurdim, ajrashmokchi edim, lekin ota-onam farzanding bor, xamma oilada kelishmovchiliklar bulib turadi, yana bir bor urinib kur deyishdi. Toshkentga kaytib ijaraga uy oldim, ayolim bilan gaplashib kurdim, mayli ozgina ishlaylik keyin Samarkandga borib yashaymiz deb rozi buldi. Lekin bu oradi meni otamlar ishlarim yaxshi bulsa Toshkentda kvartira olib beraman deb va’da berdilar. Ijarada 1,5 yil turdik. Oxirgi paytlarda uzim otamlarga menga Toshkentda kvartira kerak emas, men baribir bu erda kolmayman dedim. Ayolim bilan urushganimizda, xatto arzimagan narsa bulsa xam siz bilan yashamayman, ajrashamiz degan gapni juda kup gapiradi. Uzining aytishicha ota-onasi xam bir-necha bora ajrashgin deyishgan.Ayolim uy ishlarini xammasini vaktida kiladi, farzandimga juda xam yaxshi karaydi, ba’zida shunday yaxshi buladi xatto 200% ga. Birdaniga 15-20 kundan keyin xudi boshka odamga aylanib kolgandek bulib koladi. Tushunmayman nima ta’sir kiladi. Gapirganimda agarda gapim yokmasa gap kaytarib, urush kiladi, menga nisbatan xurmatsizlik kursatadi. Gapimga kulok solmaydi. Shu 5 yil davomida anglashimcha oilada boshlik bulish xarakatida, uz xoxish-istaklarini, maksadlarini menikidan ustun kuyadi, shundan kelishmovchililarimiz kelib chikkan. Oila munosabatlariga tegishli xar xil diniy kitoblarni olib ukiyman, unga sen xam ukigin desam ukimaydi, maslaxat kilsam charchadim gaplarizdan yigishtiring deydi. Bunaka kilma xato kilayapsan jazosi ogir deb misol keltirsam, jazo bulsa menga buladi, sizga farki nima deydi. Men eringman xurmatimni joyiga kuygin, gaplarimga kolok sol va amal kil – bu seni majburiyating desam, men xech narsaga majburmasman, er bulsangiz nima bupti, dunyoga yashash uchun kelganman, uzim xoxlaganday yashashni xoxlayman deydi. Extiyojim bulganda kup xollarda jinsiy kushilishni xam inkor kiladi. Bu ishlaring yaxshimas, eringni norozi kilayapsan, bunaka engil uylama, xayotda ayol kishini uz vazifalari bor, shularga amal kilishini surasam, meni tinch kuying bu dunyoda uzim xoxlaganday yashashga kuying, u dunyoda nima bulsa bular, javobini uzim beraman deydi. Kaynonam kizim yoshligida kup kasal bulgan, shunga erka kilganmiz deydi. Buvisidan, onasidan, opasidan yordam suradim. Keyin bilsam gaplarimni uzaro muxokama kilishar ekan. Xech kim yordam bermadi. Meni karindoshlarimga kulok solmaydi. Kaynonamni bir necha marta xar xil garlarni aytib uyimdagilardan sovitayotganini eshitib koldim. Sen bilan ishlari yuk, bolang bilan xam ishlari yuk sifatidagi gaplar. Uziga insof berar, kushilmay deb kuya koldim, lekin ota-onamga nima uchun bunaka munosabatda sizlar deb suradim. Otam, uglim mexr kuzda deb javob berdilar. Kaynonam 3-4 marta oramizga kushildi. Menga aytdiki: uzing ketaver Samarkandingga, kizim bormaydi, bizlar buni shuncha katta kildik, ukishiga shuncha pul berdik nima bekorgami, yaxshi joylarda ishlab katta odam bulishini xoxlaymiz. Kizimni birovni oshxonasiga borib kozon-tovok kilish uchun katta kilmadik dedi. Ana borsa borsin, lekin man unga aytdim: agar borsa onam yuk deb xisoblasin.Kaynotam olamdan utib koldilar (Allox raxmatiga olsin), lekin u kishi kushilmas edilar.Xotinim xam, kaynonam xam xotin kulmas deydi. Men: agar xotin erini xurmat kilsa, kulok solsa, erini gapi bilan ish kilsa kul bulib koladimi deb surayman, lekin javob ololmayman. Moddiy tomondan oilamni ta’minlayman.Xozir 1 oycha buldi aloxida yashayapmiz, xotinim onasi bilan. Menga xotinim onamni xurmat kilmaysiz, u kishi xaklarida yomon gapirasiz, gaplashib utirmaysiz, xol-axvol suramaysiz, men bilan kupol gaplashasiz, ishdan kelgach xafa xech kim bilan gaplashmasdan utirasiz – deydi. Onamni bexurmat kilishlariga xech kimga yul kuymiyman, mingta er topishim mumkin, lekin boshka ona topmayman deydi. Men kaynonamni bexurmat kilganim yuk, fakat salom beraman, boshka gapirmayman, muomalamni chekladim, chunki fikrlari meni nazarimda judayam notugri. Shuncha gapila bor ekan, unda xotinimga nega turmushga chikding, onasiga nega kizizzi erga berdiz, yonizda olib utirardiz, birga yashardilar, bu nima kiganila endi, meni ovora kilish nima kerak edi, nimaga endi farzandim otasiz usishi kerak deb savol beraman, lekin javob xar doimgidek yuk. Ayolim kizligida shim kiyardi, lekin tuydan keyin maslaxat berib sekin-asta kamaytirdi, oxirgi paytlar fakat kishda, sovukda ustidan uzunrok kiyimlar bilan kiyardi. 2-3 marta onasi bilan birga borib magazindan yozda kiyadigan shim, kofta olishdi. Shim kiygani ustida necha marotaba urushganmizdan onasini xabari bor edi. Aytingchi men shulardan keyin u kishiga nisbatan kanday munosabatda bulishim kerak.Farzandimni juda yaxshi kuraman, uni kelajagini uyliyman, ayolimni xam, xar xolda bir yostikka bosh kuygan yakin insonim, xali yosh, ertaga nima kiladi, ajrashganlani kucha-kuyda kurayapmiz, nima ishlar kilib yurishibdi.Shuning uchun ajrashishni xoxlamayman, lekin kanday kilib tugri yulga solishni bilmayapman. Maslaxat beraman desam xamma gapimni uziga nisbatan zarar, dushmanidan eshitayotgandek kabul kiladi, men kaerdan bilaman siz xakligizzi deydi, ana kitoblarni ochib ukigin desam, u kitobni xam odamlar yozgan deydi. Men bilaman, musulmonchilik tomondan men noxakman, lekin unaka yashashni xolamayman, musulmon ayoli robot, yuragi toshdan, uzi kul bulishi kerak deydi, ayolim. Tushunchasi juda notugri, lekin bunaka emas edi, u judayam uzgarmokda.Xazrat, bilmay koldim nima kilishni. Kanday yul tutay? Xazrat, ona kizini turmushga berganidan keyin kanday yul tutishi kerak? Kaynonam kilayotgan ishlari tugrimi? Xotinimchi? Inson men duyoga yashashga keldim, uynab kulib yashay, u dunyoda nima bulsa bular deyishi, javobini uzim beraman, jazosi bulsa menga deyishi mumkinmi?Xazrat meni fikrimcha, ayolimni xam ajrashish niyati yuk, fakat u onasi bilan birga yashamokchi, meni esa buysundirib olmokchi, kaynonam esa unga yordam bermokda. Ayol kishiga shu ishlarni kilish durustmi? Xazrat iltimos, duo kiling. Dalillar asosida javob bering, xotinimga xam ukitmokchiman, zora uylab kolib, fikrini uzgartirsa, insofga kelsa. Siz tufayli oilamizda tinchlik, farovonlik, xurmat yuzaga kelsa.Xazrat javobingiz uchun oldindan raxmat. Juda uzok yozib, vaktingizni olganim uchun ming bora uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkovlaringiz “Baxtiyor oila” kitobini birgalikda o‘qinglar.

21 Апрел 2022, 10:49 | Савол-жавоблар | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar