Qo‘shnim haqida
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnim bor. Shu biznikiga chaqirmasdan ham eshikni ochib kirib chiqib ketaveradi. Shunga uni urishib berishim to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّى تَسْتَأْنِسُوا وَتُسَلِّمُوا عَلَى أَهْلِهَا ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ 27. Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmog‘ingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz. Johiliyat davri arablarida kishilarning haq-huquqlarini, ularning shaxsiy, oilaviy sir-asrorlarini ehtirom qilish madaniyati yo‘q edi. Birovning uyiga «Ertalabki salom!» «Kechki salom!» deb to‘g‘ri kirib borishaverardi. Uyda ayollar borligi, uy egalarining turli holda bo‘lishlari mumkinligi hech mulohaza qilinmas edi. Bu esa o‘taketgan beodoblik bo‘lib, turli yomonliklarga, gap-so‘zlarga sabab bo‘ladigan holat edi. Shuning uchun ham Islomda ushbu oyati karima bilan har bir kimsaning shaxsiy hurmati, uyning daxlsizlik huquqi sobit etildi. Islomda birov yashab turgan joyga boshqa shaxsning, kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘sha joy sohibining iznisiz kirishga haqqi yo‘q. «Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang». Ushbu oyati karimaga binoan, birovning uyiga kirmoqchi bo‘lgan odam uy egasining izni bilangina va u erdagilarga salom berib kirmog‘i lozim. Shunday qilsalar, mo‘minlarning o‘zlari uchun yaxshidir. «Ana shunday qilmog‘ingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz». Ushbu oyatga amal qilinsa, birovning xonadoniga izn so‘rab, salom berib kirilsagina, turli noqulay holatlarning oldi olinadi. Izn so‘ramay kirgan odam uy egalarining noqulay holda turganlarini ko‘rib qolsa, gunoh bo‘ladi. Ikki tomon ham hijolatga tushadi. Balki, xusumat, urush-janjal chiqishi ham mumkin. Ba’zi hollarda uyda ayol kishi yolg‘iz bo‘lishi, ustiga begona erkak kirib, orada ig‘vo, bo‘hton, fitna chiqishi mumkin. Yoki, aksincha, yolg‘iz erkakning oldiga begona ayol kishi kirib qolishi ham mumkin. Bunday holatlardan doimo uzoq bo‘lish kerak. Islomda birovning uyiga ruxsatsiz kirishgina emas, balki nazar solish ham, hatto maktubini iznsiz o‘qish ham taqiqlanadi. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir qavmning hovlisiga ularning iznisiz qarasa, bas, ular uning ko‘zini o‘yib olsalar, xun to‘lamaydilar», – deganlar. Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa hadisda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: «Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, xuddi do‘zax otashiga nazar solgandek bo‘ladi», – deganlar. Ushbu ikki hadisi sharifdan Islomda shaxsning daxlsizligi nihoyatda yuqori darajada himoya qilinishi ko‘rinib turibdi. Birovning uyiga ruxsatsiz kirib borish u yoqda tursin, ruxsatsiz qarash, ko‘z tashlash ham mumkin emas. Chunki ichkariga ko‘z tashlagan odam uy egasini, uning ahli-ayolini har xil holatda ko‘rishi, boshqalardan sir tutgan narsalaridan voqif bo‘lib qolishi mumkin. Yana boshqa ko‘pgina noqulay holatlar vujudga kelishi ehtimoli bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birovning hovlisiga ruxsatsiz nazar solgan odamning ko‘zini o‘yib olgan uy egasi xun bermasligi haqidagi gaplari esa birovning hovlisiga iznsiz qaragan odam katta jinoyat qilganidan darak beradi. Odatda, birovning ko‘ziga zarar etkazgan odamdan qasos olinadi. Ya’ni uning ham ko‘ziga zarar etkaziladi yoki xun undiriladi. Faqat o‘zini himoya etib, tajovuzkorning ko‘zini o‘yib olgan odam xun to‘lamasligi mumkin. Birovning hovlisiga iznsiz qaragan xiyonatkor ko‘z ham tajovuzkor kimsa kabidir. Shuningdek, birovning maktubini o‘g‘irlab olish yoki zo‘rlik qilib o‘qishga intilish u yoqda tursin, iznsiz nazar solish ham mumkin emas. Kim birovning maktubiga iznsiz nazar solsa, do‘zax otashiga nazar solgandek bo‘lishi oddiy gap emas. Ulamolarimiz nazar solishga oid hukmni eshitishga, quloq solishga ham qiyos qilganlar. Ya’ni birovning hovlisiga, maktubiga iznsiz nazar solish qanchalik harom bo‘lsa, o‘sha hovli va uydagi ovozlarga, gap-so‘zlarga yashirincha quloq solish ham shunchalik haromdir. Birovning huzuriga kirishga izn so‘rashning ham o‘ziga yarasha odoblari bordir. Musulmon kishilar ushbu islomiy odoblarga amal qilmoqlari lozimdir. Avvalo, izn so‘rayotgan odam hovliga, uy ichiga nazar solmasdan, boshqa tomonga qarab turib, izn so‘rashi kerak. Imom Abu Dovud Huzayl ibn Shurhabiyldan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar zikr qilinadi: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eshiklariga qarab turib, izn so‘ray boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Sen undoq yoki bundoq tur, izn so‘rash nazardan saqlanish uchun joriy qilingandir», – dedilar». Ya’ni izn so‘rash birovning uyiga nazar tushmasligi uchun joriy qilingan, ichkariga qarab turib, izn so‘rashning nima keragi bor?! Shuning uchun ham izn so‘ramoqchi bo‘lgan kishilar eshikka yuzma-yuz holatda emas, balki o‘ng yoki chap taraflari bilan turmoqlari lozim. Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar zikr etiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qavmning eshigi oldiga kelsalar, eshikka yuzlanib turmas edilar. Balki o‘ng yoki chap tomonlari bilan turar va «Assalomu alaykum, assalomu alaykum», – der edilar». Imom Abu Dovud Amr ibn Ma’d Saqafiydan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytilgan: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirish uchun izn so‘ramoqchi bo‘lib: – Kiraveraymi? Kiraveraymi? – dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ravza ismli xizmatchi ayolga: – Anavining oldiga chiqib, o‘rgatgin, u izn so‘rashni bilmas ekan, unga aytki, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» – desin», – dedilar». Odob bo‘yicha, izn so‘raydigan odam ismini aniq aytib, ochiq izn so‘rashi va salom berib kirishi lozim. Imom Abu Dovud Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda u kishi otasining qarzi xususida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borganlari haqida shunday deydilar: «Eshikni qoqdim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: – Bu kim?! – dedilar. Men: – Menman! – dedim. Ul zot norozi ohangda: – Men, men... – dedilar». Kalda ibn Hanbal ismli kishi kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga salom bermasdan kirganda, u zot sollallohu alayhi vasallam unga: «Orqangga qayt! «Assalomu alaykum», – degin», – dedilar. Imom Abu Dovud qilgan rivoyatda aytilishicha, hazrati Umar roziyallohu anhu qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelsalar: «Assalomu alayka, ey Rasululloh, Umar kiraversinmi?» – der edilar. Izn so‘rovchi uch marta so‘rashi, undan oshirmasligi lozim. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan biror kishi izn so‘rasa, uch marta so‘rasin, izn berilmasa, ortiga qaytsin», – deganlar. Chunki uy egalari birovni qabul qila olmaydigan holatda bo‘lishlari yoki aynan izn so‘rayotgan shaxsni qabul qilish imkonlari yo‘q bo‘lishi mumkin. Izn deganda uy egasining yoki u tomondan vakil qilingan shaxsning izni ko‘zda tutiladi. Uyga ega bo‘lmagan yoki uy egasi tomonidan vakil qilinmagan odamning izni hisobga o‘tmaydi. Izn so‘rovchi tixirlik qilmasligi, odob bilan uch martagacha izn so‘rashi, javob bo‘lmasa, qaytib ketmog‘i lozim. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Qays ibn Sa’d ibn Ubayda quyidagilarni zikr qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning uyimizga ziyorat qilib keldilar va: – Assalomu alaykum va rohmatulloh, – dedilar. Shunda Sa’d sekingina javob qaytardi. Qays unga: – Nima, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga izn bermaysizmi?! – dedi. Sa’d: – Jim tur! Bizga ko‘proq salom bersinlar! – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana: – Assalomu alaykum va rohmatulloh, – dedilar. Sa’d yana sekingina javob qaytardi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana: – Assalomu alaykum va rohmatulloh, – dedilar. So‘ngra u zot sollallohu alayhi vasallam qaytib keta boshladilar. Shunda Sa’d ortlaridan borib: – Ey Allohning Rasuli, men salomingizni eshitib, sekingina javob bergan edim. Sizning salomingiz bizga ko‘p bo‘lishini orzu qilgandim, – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan birga qaytib keldilar». Agar izn so‘rovchi uyda birovni topa olmasa, qaytib ketadi. Shuningdek, ichkariga kirishga ruxsat berilmasa ham qaytib ketadi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:49 | Савол-жавоблар | 172 | Dolzarb savollar