Azobni engishni xoxlayman

Assalomu alaykum! Men 12 yil oldin bir qiz bilan tanishib qoldim. Bir birimizga ko‘ngil qo‘ydik. O‘sha paytgacha xecham qizlar bilan gaplashmagandim. Bir kuni u qiz menga avval yigiti bo‘lganligi va bokira emasligini aytdi. Yigiti bilan zino qilganligini aytdi. Men karaxt bo‘lib qoldim. Voz kechay desam Allohdan qo‘rqdim. Xayolimni Alloh menga sinov yubordimikan degan xayol chulg‘ab oldi. Voz kechsam Allohning qaxriga uchrashdan qo‘rqa boshladim. Tavakkal uylandim. Xayotim butkul izdan chiqdi. Tirik murdaga aylandim. O‘sha jirkanch ishdan xech kimning xabari yo‘q. Allohga shukrki, toat-ibodatdaman. Bor kuchim bilan o‘sha ishlarni unutishga urinyapman. 2 ta farzandim bor. Birovning xayotini tuzaman deb o‘zimnikini buzdim. O‘zimni o‘zim ota-onam salomat, farzandlarim borku deb ovutaman. Bor e’tiborimni ota-onam va farzandlarimga qaratganman. Yaqinda o‘sha yigitni ko‘rib qoldim. U bola meni tanimaydi. Butun tanam olov bo‘lib yondi. Shaytonning xamlasiga dosh berolmadim. Butkul nazoratdan chiqib ketmaslik uchun Allohga iltijo qilaman. Ashrashib ketgim keladi. Ammo farzandlarimni o‘ylab jim qolaman. Chidashga majburman. O‘zim pishirgan osh o‘zim eyman. Sizdan iltimosim shuki, nima qilsam shunday balodan qutulaman? Iltimos yordam bering!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday xayollar shaytonning vasvasasi hisoblanadi. U har qanday holatda ham oilangizni buzishga harakat qiladi. O‘tgan ishni unuting, shaytonni xursand qilmang, taloqdan Allohning Arshi larzaga keladi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar