Taxorat

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, men taxorat olganimdan keyin 5-10 daqiqalar o‘tib ichkiymimda oz miqdorda namlik ko‘raman, (istinjo qilgandan keyin obdon artinib olsam xam) shu vaziyatda men olatni va ichkiyimimni yuvib tashlayman. Menga qayta taxorat olish shart emasmi? Taxorat singan xisoblanmaydimi? Bu xolat menda ko‘p sodir bo‘ladi. Bu siydik tomchilari emas maziy. Bu xolat menda ko‘p sodir bo‘ladi. Men shu vaziyatda zakarni va ichkiyimini yuvib tashlab, namozga turaman. Bu ishim nodurust emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat olish mobaynida va besh daqiqa o‘tgunicha tahoratli bo‘lsangiz siz sohibi uzr bo‘lmaysiz. Shu vaqt mobaynida namozni farzini o‘zini o‘qib olish imkoniyati bor. Tahorat ketmasidan farzini o‘qing. Maziy uchun ichki kiyimni yuvish shart emas. Salfetka kabi narsalardan foydalansangiz keyin yangisini qo‘yib olaverasiz. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar