Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda duo

Assalomu alaykum. Savol: Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda duolar qabul bo‘ladi, deyiladi, aytingchi bu hadis qanday hadislar turkumiga kiradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! سهل بن سعد مرفوعاً : أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : ( ثنتان ما تردان : الدعاء عند النداء ، وتحت المطر . رواه الحاكم في "المستدرك" (2534) والطبراني في "المعجم الكبير"
Sahl ibn Sa’ad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Ikki narsa qaytarilmaydi. Azon va yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtidagi duo” dedilar".(Hokim “Mustadrak”larida Tabaroniy “al-Mu’jamul kabir”da rivoyat qilganlar)
عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه أنه قال : " أَصَابَنَا وَنَحْنُ مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَطَرٌ ، قَالَ : فَحَسَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَوْبَهُ ، حَتَّى أَصَابَهُ مِنَ الْمَطَرِ ، فَقُلْنَا : يَا رَسُولَ اللهِ لِمَ صَنَعْتَ هَذَا ؟ قَالَ : ( لِأَنَّهُ حَدِيثُ عَهْدٍ بِرَبِّهِ تَعَالَى " . رواه مسلم
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birgaligimizda yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini shimardilar, badanlariga yomg‘irdan tegdi. “Nega bunday qildingiz yo Rasululloh” dedik. “Chunki u robbisi taolodan yangi(ne’mat)dir” dedilar". Muslim rivoyati.
Yomg‘ir rahmat va ne’matdir. Ikkisi yog‘ilgan vaqtda duolar mustajob bo‘lishi ko‘plab hadislarda zikr qilingan. Bu hadislar sahih hadislardir. Vallohu a’lam.

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar