Molozivo - yangi tuqqan sigir suti

“Yangi tuqqan sigir sutini 40 kungacha ichish harom” deb eshitdim? Izlash xizmatidan izlab bu haqda ma’lumot topa olmadim. Molozivo ya’ni o‘sha sut haqida meditsina tomonidan odam organizmiga, immunitetiga juda katta foydasi borligi haqida aytilgan. Yosh bolalarga va emizadigan ayollarga ham tavsiya etilgan. Lekin harom ekanligi haqida hech narsa topa olmadim. Agar harom bo‘lsa, bolasi emib to‘yganidan keyin qolgan sutini nima qilish kerak? Sog‘ib to‘kib tashlash kerakmi? Chunki sog‘masa qotib qoladi. Aslida yangi tuqqan sigirning sutini qachondan boshlab ichsa bo‘ladi? Ayollarda ham tuqqandan keyin 5 kungacha molozivo suti keladi, u sut bola uchun harom bo‘lmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bekor gap. Buni og‘iz suti deyiladi. Qonning asari ketgandan keyin ichiladi. Ya’ni, dastlab sut bilan qon ham tushadi. Sog‘ib - sog‘ib qon chiqmaydigan bo‘lganda sut ichilaveradi.

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 202 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar