Jinsini o‘zgartirgan odam haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda bir video ko‘rdim. Buni qanday aytishga ham xayronman. Bir o‘g‘il bola ko‘p qiz opalari orasida ulg‘aygan. O‘zi o‘g‘il bola lekin hissiyotlari qiz bolacha. Yoshligida sochini kesib qo‘ysa ham yig‘lardikan. O‘g‘il bolaga mos qilib kiyintirib qo‘ysa, o‘zi qiz bolaga mos qilib kiyinvolardikan. O‘zini aytishi bo‘yicha jinsiy olati o‘g‘il bolanikiyu, lekin hissiyotlari garmonlari qiz bolaniki. U bola ulg‘ayib katta bo‘lib Maskvaga ketib aperatsiya qildirib jinsini o‘zgartirib, yuzlarini ham badanlarni ham qiz bolanikini qilib hozir g‘irt qiz bolani bo‘libdi. Bu vaziyatda dinda nima deyiladi?
2). Jinsiy olati qiz bolanikuyu hissiyoti garmoni o‘g‘il bolaniki bo‘lsa unday insonlar qanday yashashi kerak?
3). Unday kasalliklar tug‘ma bo‘ladimi yoki muhitda paydo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz u shaxsni asli erkak yoki ayol ekanligini bilmaymiz. Shariatimizda xunasa va xunasai mushkul – degan atamalar bo‘lib, ya’ni ba’zi bir shaxslarda ham erkaklik, ham ayollik a’zolari bo‘ladi. Fuqaholar ular haqida “agar erkaklik jinsiy a’zosi orqali bavl qilsa erkakka, ayollik jinsiy a’zosi bilan bavl qilsa ayolga hukm qilinadi” deganlar. Xunasai mushkulda esa uni keskin erkak yoki ayol deb bo‘lmaydi. Uni ayol yoki erkakligini ham ajratib bo‘lmaydi. Goho ba’zi qiliqlari boshqasiga zid ekanligi namoyon bo‘ladi. “Mavsu’ai fiqhiya”da hanafiy, shofe’iy mazhabdagilar: “Xunasai mushkulning yuzi va kaftidan boshqa joylari ayol kishining avrati kabi bo‘ladi. Hatto sochi ham” deyishgan. Molikiy mazhabidagilar: “Ehtiyotan haj va namozda xuddi ayollar kabi to‘sinadi va ayollar kiyadigan kiyimini kiyadi” deganlar. Gohida haqiqiy erkak yoki ayolligi aniq bo‘laturib tashqi muhitning ta’sirida erkaklar xotinchalish ayollar erkakshoda bo‘lib qolishadi. Shuning uchun shariat erkaklarga ipak, tillo va shu kabi ba’zi narsalarni hamrom qilgan. Ayollarga esa xilqatiga zid bo‘lgan kiyinish, kasb qilishdan qaytargan. Inson jinsini o‘zgartirish shar’an haromdir. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar