Tirnok olish tartibi kanday?
Assalomu alaykum! Kuyidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritib bersangiz iltimos! Dinimizda tirnoqlarni vaqtida qisqartirish ham tozalikning bir belgisi bo‘lishi bilan birga, Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlari ham hisoblanadi. Muhammad mustafo (s.a.v.) “Kim juma kuni tirnoqlarini qisqartirsa, Alloh taolo undan kasallikni chiqarib, o‘rniga shifo kirgizib qo‘yadi”, deganlar. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni tirnoq olsa, Alloh uni keyingi jumagacha balolardan saqlaydi. Uch kun qo‘shimchasi ham bor”, dedilar. Demak, tirnoq olish orqali inson turli kasalliklardan xalos bo‘lar ekan. Yana bir hadisi sharifda shunday deyiladi: “Kimki, juma kuni tirnoqlarini qisqartirsa, u inson moxov kasalidan ham omon bo‘ladi”. Bir kuni Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qildi. Shunda Rasuli Akram (s.a.v.): “Kim ko‘z og‘rig‘i kasalidan najot topishni va dunyoda boy-badavlat bo‘lishni xohlasa, payshanba kuni asr namozidan keyin tirnoqlarini qisqartirsin”, dedilar. Shu o‘rinda tirnoq olishning tartibi haqida ham bilib olsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Imom Navaviy bu borada shunday deganlar: “Tirnoq olishlik avval qo‘llardan boshlanadi. Birinchi o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘idan boshlab, so‘ng o‘rtancha barmoq, keyin nomsiz barmoq, so‘ng jimjiloq va nihoyat, bosh barmoqning tirnoqlarini qisqartirish lozim. Keyin chap qo‘lning jimjilog‘idan boshlab, navbat bilan bosh barmoqqacha tirnoqlar qisqartiriladi. Qo‘llardan so‘ng o‘ng oyoqning jimjilog‘idan boshlab, chap oyoqning jimjilog‘ida tugatiladi”. Ushbu tartib ulamolar nazdida mustahab sanaladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hadislarda tirnoq olish sunnat ekanligi kelgan. Hech qanday kun, vaqt va qaysi barmoqdan boshlash qaydi zikr qilinmagan. Qolgan gaplar ijtihoddan kelib chiqqan gaplar xolos. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 504 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hadislarda tirnoq olish sunnat ekanligi kelgan. Hech qanday kun, vaqt va qaysi barmoqdan boshlash qaydi zikr qilinmagan. Qolgan gaplar ijtihoddan kelib chiqqan gaplar xolos. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 504 | Turli savollar