Ayollar yotoqda qanday libos kiyadilar?
Assalom alaykum Shayx hazratlari. Savolimni mazmuni quyidagidan iborat. Ayrim tanishlarimning aytishim bo‘yicha, ayol kishiga tizzasidan yuqorida turuvchi yoki erkaklarnikiga o‘xshagan pidjama va shunga o‘xshash yotoq kiyimlarini kiyishi mumkin emas ekan. Bunday kiyimlar odatda pasti shalvar va yuqorisi tugmali kuylak sifatida bo‘ladi. Ko‘‘rinishi erkaklar yotoq kiyimiga o‘xshasa ham, tikilishi, bezaklari, gullari ayollar uchun moslangan bo‘ladi. Shu xususda nima deysiz, tanishlarimning gaplari to‘g‘rimi? Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, shunaqa kiyimi bor ayol kishi bu kiyimini nima qilishi kerak? Vaqt ajratib javob yo‘llaganingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
– Shundan boshqa savol qolmaganmidi? Boshqalar o‘zga sayyoralarni o‘zlashtirish, olamshumul ilmiy kashfiyotlar qilish va ilmiy taraqqiyot cho‘qqisini zabt etishga harakat qilishmoqda! Biz esa xotinlarning yotoq ishtoni qanday bo‘lishi kerakligi haqida bir-birimiz ila tortishmoqdamiz. O‘sha ishtonni o‘zimiz tikmaganimiz ehtimoli ko‘proq. Yo Xitoyda yoki Koreyami, Yaponiyami yoxud boshqa bir davlatda tikilgan bo‘lishi mumkin. Ammo musulmonlar bichmagani va tikmagani aniq. Ishtonni bichish va tikish qo‘limizdan kelmaganidan keyin uning haqida talashib tortishib nom chiqarmasak bo‘lmaydi-da! Yana gohida, nima uchun boshqalar taraqqiyotga erishib, musulmonlar orqada qolgan degan savolni ham o‘rtaga tashlab qo‘yamiz. O‘sha mash’um savolning javobi endi ayon bo‘lgandir. Boshqalar o‘zini taraqqiyot yo‘liga va unga sabab bo‘ladigan narsalarga ixlos bilan urganlari va tinmay harakat qilayotganlari sababli o‘zib ketishgan. Biz esa, mustahab bo‘lishga ham arzimaydigan ishlar haqida, xotinlarning yotoq ishtoni haqida ixlos va shiddat ila bir-birimiz bilan bo‘g‘ishayotganimiz uchun qoloq bo‘lib turibmiz. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Xotin kishining yotoq kiyimini faqat eri ko‘rishi mumkin. Boshqa gapning nima keragi bor? Agar tortishayotganlar shariatning farz, vojib, sunnat va boshqa hukmlarining barchasini o‘rniga qo‘yib, faqat xotinlarning yotoq ishtonidan boshqa masala qolmadi, deydigan bo‘lsalar, o‘zlari biladi. Agar ular shariatda erkak ayolga, ayol erkakka o‘xshash kiyim kiyishini taqiqlagan desalar, erkaklarga atab tikilgan yotoq ishtonni ayollar kiymasin degan qaror chiqaraylik. Bu holda, ayollar o‘zlariga atab tikilgan yotoq ishtonni kiysalar yaxshi bo‘ladi. Eslatib o‘tamizki, ayol kishi eri bilan yolg‘iz bo‘lganda, kiyim ma’nosida nima qilsa ham joiz.
20 Апрел 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 174 | Oila va turmush