Chaqaloqqa azon aytish tartibi qanday?

Xurmatli Shayx janoblari sizdan iltimos mani xaqqimga o‘zingiz maqul ko‘rgan vaqtingizda duo qilsangiz. Toki qarzlarimdan qutilib oli va shu yilga niyat qiludim Onamni Umraga yuborishni inshallah! Bundan tashqari bir urtog‘im o‘zi yaxshi bolaku lekin shu kunlada xotinidan ajrashib boshqa ayolga aldangan xolda uylanmoqchi. Xotinidan 2 ta bolasi bor odamni rahmi keladi.Yana bir masala bu - chaqaloqqa azon etish masalasi. Tartibini qaysi kitobdan bilib olsam bo‘ladi? Hadis va Hayotda bormi? Forumda o‘qigandim, lekin sag‘al chalaroq esimda qolgan uzr.Sizga oldindan raxmat, Alloh sizni panoxida asrasin! Barchamizani raxmatiga olsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh qarzdan tezroq qutilib, niyatingizdan afzaliga erishishni nasib etsin. O‘rtog‘ingizni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. U holatda bolaning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga iqoma aytiladi. Boshqa ortiqcha narsa yo‘q.

20 Апрел 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 280 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar