Ayollar uchun tarovex namozi

Assalomu alaykum! Mening onamlar kimdirdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “tarovex namozini ayollar 8 rakat o‘qisa bo‘ladi deganlar” deb eshitgan ekanlar. Iltimos, onamlarni ibodatlari to‘g‘ri bo‘lishi uchun tushuncha bersangizlar. Katta rahmat yordamlaringiz uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazonda ham ramazondan tashqarida ham vitrdan tashqari 8 rak’at tahajjud namoz o‘qir edilar. Ko‘pchilik ushbu 8 rak’atni taroveh deb tushunib olishgan. Sahobalarning ijmosi ila erkakgu ayollarga 20 rak’at taroveh o‘qish sunnati muakkadadir. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar