Uylanish haqida
Assalomu alaykum! Akam aqliy zaif, uni uylantirmoqchimiz, qizni ham topdik, u sog‘lom qiz. Kelin taraf bir shart qo‘yishiyapdi. Faqat to‘y kuni sizlardan birortangiz borib kelinni uydan chiqishigacha kuyovlik vazifasini bajarsin meni qizim hali qizbola orzu havasim bor deyishiyapdi. Biz aka-ukalardi birortamiz borib kuyov bo‘b turamiz kelgandan keyin akam bilan nikohdan o‘tarkan. Men umuman noroziman bunday yolg‘on bilan boshlangan nikoh oxiri ham yaxshi bo‘lmaydi dedim. Ular qizini aqli zaif inson bilan yashashiga rozi, nima ichun rozi bilmayman, yoki qandaydir biz bilmagan biror sir bormi bilmiman. Qizim oddiy bir qishloqdi qizi vaqtiga ko‘p sovchilar keldi bermadik endi o‘tirib qoldi shuni uchun ilojimiz yo‘q qari qiz bo‘lib qoliyabdi dedi. Ularga qanday javob bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelin tomonga “Shunchaligiga rozi bo‘lganingizdan keyin qolganiga ham rozi bo‘linglar” deb aytinglar. Bu yolg‘ondan boshqacha yo‘l tutishsin. Nikohlanish gohida farz, gohida vojib gohida kelinga zulm qilish ehtimoli bo‘lsa harom ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 213 | Oila va turmush