Yosin surasi

Assalomu alaykum! Bir Xoji onaning so‘ziga ko‘ra, Har tongda bomdod namozidan so‘ng Yosin surasini o‘qishni odat qilgan ekanlar. Ammo, boshqa bir Xoji ona, ularga, Yosin surasini o‘qish uchun qayta tahorat olish zarur deb o‘rgatibdi (tahorati buzilmagan bo‘lsa ham). Yoshlari katta odam (buzilmagan) tahoratni yangilashga qiynalganlari (yoki eringanlari) sabab Bomdod namozidan so‘ng Yosin surasini o‘qishni to‘xtatibdilar. Yosin o‘qish uchun tahoratni yangilash zarurmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Yosin surasini o‘qish uchun qayta tahorat olish zarur” degan odam Alloh taolo mukammal qilib bergan diniga qanoat qilmay, o‘zicha yangilik kiritishga harakat qilibdi. Tez tavba qilsin. Yosinni o‘qishni davom ettirsinlar.Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 203 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar