Hayz holatida sura o‘qish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Ayollar hayz vaqtida Oyatal Kursi kabi suralarni aytish mumkinmi? Bir tanishimiz suralarini aytish mumkin emas deb aytdi. Keyin ba’zan hayz xolati juma kuniga to‘g‘ri kelib qoladi, shunda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Salovat aytish mumkin. Tilovat qilish mumkin emas. “Ayol m’tabar zot” nomli kitobni olib o‘qing. Hayz, nifos, istihoza kabi barcha masalalar batafsil tarzda bayon qilingan. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 711 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar