Tahoratga salfetka ishlatish

Assalomu alaykum! Men uzoq yillardan beri chet elda tirikchilik qilib yuraman. Xar xil joylarda, xar xil sharoitda ishlashga to‘g‘ri keladi. Ibodatni vaqti yaqinlashganda garchi suv bo‘lsa ham (ya’ni taxorat olish nazarda tutilyapti) bir muncha qiyinchiliklarga duch keladi. Sharoitni yo‘qligidan yoki sovuq suvni taxorat uchun isitish imkoni yo‘qligi sababliy tarkibida spirit yo‘q vlajnыy salfetkadan taxorat uchun foydalanish joizmi? Maqsad bu sovuqlarda biron bir dardni ortirmaslik. Bunga dinimizda ruxsat bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Joiz emas. Iliq suvda uch marta yuvish o‘rniga bir martadan yuvish bilan ham farz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar