Mayitni yuvish

Assalomu alaykum! Mayitni yuvish uchun yordam berishga, sochi yuvilgan odam kirish     mumkun emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar siz sochi bo‘yalgan odam masalasida so‘rayotgan bo‘lsangiz, mayitning xuzuriga junub va hayz-nifosdagi ayollar kirishlari mumkin emas. Hozirgi kundagi soch bo‘yoqlarining aksari sochning tagiga suv o‘tkazmasligining e’tiboridan o‘shanday bo‘yoqdan foydalangan ayol yoki erkaklar janobat va hayz-nifosdan keyin g‘usl qilsalarda poklanmay qoladilar. Shuning e’tibori bilan ularni mayitning yoniga kirmasliklari aytilgan bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam

21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar