Er-xotin yotog‘idagi holatni ko‘rsatish

Assalomu alaykum! Hurmatli, ustozlar hozir bermoqchi bo‘layapgan savolim hayo chegarasidan chiqishi mumkin. Buning uchun uzur so‘rayman. Lekin bu savolni bermasam bo‘lmaydi, chunki bu illat mening tanishlarim orasida avj olayapti. Er-xotin yotog‘idagi suhbatini tashqariga olib chiqishi harom ekanligi haqida telegramdagi kanalingizda o‘qigan edim. Lekin er-xotin yotog‘idagi gaplarni emas balki yotog‘idagi holat(bir-birini bag‘riga bosib tushgab suratlar)ni begonalar(ayol qarindoshlar)ga ko‘rsatishi mumkinmi? Man bu ish mumkin emasligini aytsam «bu suhbat emas-ku, oddiy rasmlar-ku» degan bahonani topib olishgan. Bu holatga shariatimiz qanday qaraydi? Er jonivor ayolini ko‘tarib tushgan rasmlarni begonalarga tarqatib tomosha qildirib qo‘yishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu harom hisoblanadi. حَدَّثَتْنِي أَسْمَاءُ بِنْتُ يَزِيدَ، أَنَّهَا كَانَتْ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالرِّجَالُ وَالنِّسَاءُ قُعُودٌ عِنْدَهُ ، فَقَالَ : لَعَلَّ رَجُلًا يَقُولُ مَا يَفْعَلُ بِأَهْلِهِ ، وَلَعَلَّ امْرَأَةً تُخْبِرُ بِمَا فَعَلَتْ مَعَ زَوْجِهَا، فَأَرَمَّ الْقَوْمُ ، فَقُلْتُ : إِي وَاللَّهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ ، إِنَّهُنَّ لَيَقُلْنَ , وَإِنَّهُمْ لَيَفْعَلُونَ ، قَالَ : " فَلَا تَفْعَلُوا ، فَإِنَّمَا ذَلِكَ مِثْلُ الشَّيْطَانِ ، لَقِيَ شَيْطَانَةً فِي طَرِيقٍ ، فَغَشِيَهَا وَالنَّاسُ يَنْظُرُونَ Asmo binti Yaziddan rivoyat qilinadi, u Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida edi. U zotning oldilarida kishilar va ayollar o‘tirgan edi. U zot “Ehtimol kishi ahli bilan qiladigan ishini aytar, ehtimol ayol ham eri bilan qiladigan ishini aytar?” dedilar. Qavm jim bo‘lib qoldi. Javob berishmadi. Shunda men “Ha, yo rosululloh! Ular (ayollar) ham aytishadi, (erkaklar) ham aytishadi” dedim. “(Bunday) qilmanglar! Zero buning misoli yo‘lda urg‘ochi shaytonga yo‘liqib qolgan va unga odamlar qarab turgan holida qovushgan shaytonning misoli kabidir” dedilar. Imom Ahmad rivoyati. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam “Qiyomat kunida Allohning huzuridagi eng yomon o‘rindagi inson ayoliga yaqinlik qilgan va ayoli ham unga yaqinlik qilgan  so‘ngra uning sirini yoygan kishidir” dedilar.  Imom Navaviy “bu hadis er va xotin o‘z oralaridagi jinsiy hayotlarini yoyishi haromligiga dalildir” deganlar. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar