Pirning vazifalari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, pirga qo‘l berish ya’ni bay’at qilish devona bo‘lish to‘g‘rimi? Bir taqvoli odam bor, lekin  juma namoziga chiqmaydi. Nega desam pirimiz chiqmanglar degan deydi. O‘zi pirni bergan vazifalarini bajarish qanchalik muhim? Shuni tushuntirib bersangizlar, iltimos. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatga qilchalik zid ish tutgan tariqat soxtadir. Siz Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Tasavvuf haqida tasavvur” nomli kitobini o‘qing. Hozirda ko‘pchilikning taqvoni o‘lchaydigan tarozisi ham buzilgan. O‘zlariga pirlarni kashfi, tushlari, qalbiga kelgan xayollarini hujjat deb bilib, Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurgan amallarni bir pulga olishmaydi. Juma namozi oyat bilan farz qilingan bo‘lsa, qanday qilib qasddan uni tark qiluvchisi taqvodor bo‘lishi mumkin. Bu holat, arab harflarini ham bilmaydigan folbin va kinnachilarni olim deb bilishga o‘xshaydi. Farqi ular "odamlarim" deyishsa bular "pirlarimiz" deyishadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:23 | Савол-жавоблар | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar