Takvimdagi saxarlik vaktidan keyin ogiz berkitish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Takvimdagi saxarlik vaktidan keyin necha minutgacha niyat kilib ogiz berkitish mumkin? Bazida uxlab kolyapman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida saharlik vaqtini tugashiga etkazmasdan yopish kerak. Biror minut o‘tgandan keyin ham eb-ichilsa, o‘sha kungi ro‘zani qazosini tutishi farz bo‘ladi. Niyatga kelsak, kechqurun "ertaga ro‘za tutaman" degan niyati kifoya qiladi. Buni ham niyat qilmagan bo‘lsa kunning yarmigacha, ya’ni peshin vaqti kirgunicha ro‘zani niyat qilib olsa, niyati durust bo‘ladi. Bir necha bor ta’kidlab o‘tganimizdek, saharlik vaqtini chiqarib yuborgan kishi biror narsa eb-ichmasdan niyatni qilishi shart. "Bir xo‘plam suv ichib bo‘lsada" degan gap noto‘g‘ri.  Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:24 | Савол-жавоблар | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar