Ibodatlarim
Assalomu alaykum! Barchangizdan Alloh rozi bo‘lsin! Yaqinda onamiz vafot etdilar(Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin). Xayotlarida juda mexribon, mexnatkash, sarishta bo‘lganlar. Birovning xaqidan juda qo‘rqardilar, g‘iybatni yomon ko‘rardilar. Bizlarni xam doimo xalol yashashga o‘rgatardilar. Yotib qolmaslaridan avval doimo namozlani vaqtida o‘qirdilar. Oxirgi yillar ko‘zlari ojiz bo‘lib qoldi, yurolmay yotib qoldilar. Shunda xam istig‘for aytib yotdilar. Bizlardan tinmay uzr so‘rardilar, sizlarni urintirib qo‘ydim deb. Onamlarni ko‘rgani kelganlardan yaxshi ayol edilaku nimaga shuncha azoblanvottilar degan gapni eshitardim. Ularga men bu Allohni sinovi derdim. Jon chiqar paytlarida shu yil 1 oktyabr Ashuro kunida bomdod vaqtida uzildilar. Namozimni o‘qib bo‘lib suv tomizib Yosin surasini o‘qidim, ketidan Mulk surasini o‘qib tugatvotganimda qattiq g‘o‘ldirash bilan jonlari uzildi. Nazarimda jon chiqishda ancha qiynaldila. Endi xar kuni o‘yliman nimaga bunday bo‘ldi, yaxshi insonlar oson puf deb jon berib qo‘yadi deb o‘qigandim. Nega bunday bo‘ldi deb xech o‘yimga etolmapman.
2). Men bomdoddan bir soat avval turib Taxajjud namozi o‘qivotudim. xolamla taxajjudni xar kun o‘qib bo‘lmasligini eshitgandim dedila. Xar kun o‘qisam bo‘ladimi?
3). Bomdod namozi vaqti kirganda zikr va istig‘for aytib quyosh chiqishiga 40 daqiqa qolganda bomdod namozini o‘qiyapman. Keyin Yosin va Taborak suralarini o‘qib istig‘for aytaman. Bu to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sayyidul mufassiriin Ibn Abbos roziyallohu anhumo, sayyidul muhaddisin imom Termiziy rahmatullohi alayh va yana minglab jannatiyligi bashorat berilgan va valiyligi tan olingan olim olimalarning ham ko‘zlari umrlarining oxirida ojiz bo‘lib qolgan. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّ اللهَ قَالَ إِذَا ابْتَلَيْتُ عَبْدِي بِحَبِيبَتَيْهِ فَصَبَرَ عَوَّضْتُهُ مِنْهُمَا الْجَنَّةَ». يُرِيدُ عَيْنَيْهِ. تَابَعَهُ أَشْعَثُ بْنُ جَابِرٍ وَأَبُو ظِلَالٍ عَنْ أَنَسٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, Alloh: «Bandamni ikki suyuklisi bilan sinovga solsam-u, u sabr qilsa, ikkovining evaziga unga jannat beraman», deydi», deyayotganlarini eshitdim. U zot ikki ko‘zni nazarda tutgan edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Jon chiqishini qattiq bo‘lishi insonni barcha gunohlariga kafforat bo‘ladi. Gohida Alloh taolo bandasini gunohdan pok holda vafot topishini iroda qilib shunday ajalni taqdir qiladi. Minglab valiyulloh zotlarni tirik turib terisini shilib olishgan. Qanchalab sahobalarni avval inson tarixida bo‘lmagan azoblar bilan azoblashgan. O‘zimiz bilgan qancha iymon keltirmaganlar hech kim bilmay o‘lishgan. Bu ularni Allohga muqarrab ekanligiga dalolat qilmaydi. hozirgi kundagi odamlarning yaxshilik va yomonlik borasidagi o‘lchov torozlari buzilib qolgan. 2). Holangiz noto‘g‘ri gapiribdi. Har kuni o‘qisa bo‘ladi. 3). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 12:26 | Савол-жавоблар | 166 | Ibodatlar