Uyda jamoat bo‘lib namoz o‘qish
Assalomu alaykum aziz ustozlar! 1. Erkak kishi agar masjiddagi jamoat namoziga ulgura olmay namozni uyda o‘qishga to‘g‘ri kelsa, yolg‘iz o‘zi o‘qigani afzalmi yoki ayoli bilan jamoat qilib o‘qigani afzalmi?
2. Erkak kishi ayoli bilan bir qatorda, singlisi, opasi, onasi, qiziga umumiy imomlikka o‘tib, jamoat bo‘lib namoz o‘qishligi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa erkaklarning jamoat namozidan farqli jixatlari bormi, yoki biror bir aloxida shartlari?
3. Erkak kishi o‘g‘illari va ukasiga imomlikka o‘tib namoz o‘qiyotganda, bu jamoatga oilaning ayol a’zolari ya’ni qizi, singlisi, kelini qo‘shilishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa bu namoz qay tarzda o‘qiladi, ya’ni saf olish qanday bo‘ladi?
4. Agar erkak va uni yoli namoz vaqti kirsayu, jamoat bo‘lmasdan namoz o‘qishsa, bir xonada namoz o‘qishlik mumkinmi?
5. Er va ayoli faqat ikkovlari jamoat bo‘lib namoz o‘qiganda ayol eri bilan bir chiziqda turgan xolda to‘liq orqasida turishi kerakmi yoki o‘ngroq va chaproqda bo‘lsa xam to‘liq bir saf ortda bo‘lsa bo‘ldimi? Namozning sunnatidachi qanday xoaltda ya’ni saf masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ayoli bilan o‘qigan afzal. 2). Erkak kishi ayollar safidan bir saf oldinda turishi shart. Erkak ayol bir qatorda turib farz namozini o‘qishsa barchasining namozi fosid bo‘lib, qayta o‘qishlari vojib bo‘ladi. 3). Albatta mumkin. Ayollar erkaklardan to‘liq bir saf orqada turadilar. 4). Joiz. 5). To‘liq bir saf orqada tursa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 13:31 | Савол-жавоблар | 201 | Ibodatlar