Ish yurishmasa nima qilish kerak?

Assalamu alaykum Hurmatli Ustoz! Alloh qilayotgan ishlaringizga o‘zingiz o‘ylaganingizdan ham ko‘p ajr savob bersin. Ustoz sizga yo‘llamoqchi bo‘lgan savolim, insonni ishi yurishmasa nima qilishi kerak? Uylanganimga yaqinda 4 yil to‘ladi shu vaqt ichida doim kimdandir qarz bo‘lganman, hozirda 1 yildan beri yangi ish boshlagan edim, shu boshlagan ishmda bir muammoni hal qilsam ikkinchisi unisini hal qilsam firmamni anglashilmovchilik bilan yopib qo‘yishdi, uni ochib yurgizaman disam biz ishlayotgan bazada ayna bizni xona elektor simi yaroqsiz bolib boshqa ancha qimmat turadigan siz tortdik, endi uni qilsam avto mashinam buzilib qimmat ta‘mir talab bo‘lib qoldi, Allohga shukr Allohning buyurganlarini qilib qaytarganlaridan qaytishga astoydil harakat qilaman, ammo ish bunaqa ketganigi, uydagilar onam, o‘zinga dam soldirvorgin deb qo‘yishmayapti, sizning ko‘p kitoblaringizni o‘qib chiqqan edim jumladan tib va dam kitobingizni ham, Dam soldiradigan odam sehrlansa yoki betob bolsa dam soldiradi degan tushuncha paydo bolgan menda. Ammo meni hozirgi holatimda ham dam soldirsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taologa yolborib duo qilish kerak. Hojat namozini ixlos bilan o‘qib, Alloh taolodan hojatni ravo qilishni so‘rash kerak. Alloh taolo ishingizni o‘ngidan keltisin!

21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 258 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar