Qaytadan mustahab qilinadimi?
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Mustahabdan keyin el chiqib ketsa, qaytadan mustahab qilinadimi degan savolga. Shayx Hazratlari rahimahulloh “qilinmaydi, mustahabni iflos narsani ketkazish uchun qilinadi” deb javob bergan ekanlar. Yaqinda “tahorat qilayotganda tishi qonasa, tahoratni boshidan boshlaydimi? Yoki qo‘lini yuvishdanmi” degan savolga “boshidan boshlash farz bo‘ladi” degan javob berilibdi. Mustahabdan keyin el chiqishi va tish qonashining nima farqi bor? Mening milkim kasalligi tufayli, mustahabdan keyin tishim qonasa, mustahab qilmay, qo‘l yuvishdan boshlayman. Sababi ilmli odamlardan so‘raganimda shunday qilishingiz to‘g‘ri degan. Iltimos bunga oydinlik kiritib beringizlar. Alloh rozi bo‘lsin. Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kishilar tahoratni boshidan boshlashni “Mustahab qilishdan” deb tushunishadi. Bu noto‘g‘ri fikr. Ustozimiz aytganlaridek mustahabga faqat ehtiyoj tushgandagina qilinadi. El chiqqanda tahorat sinadi, lekin bu bilan mustahab qilish shart emas. Tahorat qo‘l yuvishdan boshlanadi. Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 184 | Tahorat