Ruhlar sog‘inadimi?

Assalomu alaykum! Otamga bir inson “Ota onangiz qabrini anchadan buyon ziyorat qilmabsiz, ruhlari sizni sog‘ingan. Shu 40 kun ichida darhol borib ziyorat qilmasangiz ruhlari boshqa erga ketib qolishadi” deb aytibdi. «Avlodingizda ilmli inson bo‘lgan ekan, oq sallali kishi ko‘rinyapti» deb ham aytishibdi. Bobom va buvimlarning qabri boshqa respublikada, borish uchun viza tayyorlash kerak. Otam sharoitga qarab har 1-2 yilda bir borib keladilar. Men Otamga u kishining gapiga ishonmaslikni, o‘tganlarga atab o‘qilgan Qur’on yoki sadaqa qilib savobi yo‘llanganda har erda qabul bo‘lishini aytdim. Men aytgan gaplar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu quruq safsatadan boshqa narsa emas. U kabi jinkashlar bilan aloqa qilishdan to‘xtanglar. Qur’on yoki sadaqa qilib savobi yo‘llanganda har erda qabul bo‘lishi haq gap. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:24 | Савол-жавоблар | 149 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar