Nikoh vaqtida kalima

Assalomu alaykum! Ustozlar, 4- 5 oy oldin do‘stim uylandi. Nikohini o‘qigan domla kalima keltirtirmabti. Kelin kuyovga bu nikoh halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kuyov bilan kelinning kalima qaytarishidan maqsad hozirgi kunda imomlarimizning aytishlaricha ba’zi bir yoshlar iymon kalimani ham bilmas ekanlar. Shunga yodlariga solish maqsadida nikoh paytida o‘qitadilar. Aslida Allohning yakka deb bilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar deb biladigan kishiga kalimani aytish shart emas. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:36 | Савол-жавоблар | 209 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar