Sajda oyatini qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar berayotgan javoblariz uchun rahmat. Muallif Allouddin Mansur 1992-yilni Qur’on kitobi tarjimasi qo‘limga tushgan. O‘qib borayapman. Savolim, ushbu sajda oyati deyiladigan joyida 2 rakat namoz o‘qish vojibmi yoki shunday o‘sha holatda o‘tirib sajda qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tilovat sajdasi namozdan tashqari alohida bir sajda qilishdan iboratdir, unga bosh qo‘yilayotganda bir takbir va undan bosh ko‘tarilayotganda yana bir takbir aytiladi. Tilovat sajdasini qilish vojibdir. Tilovat sajdasini qilish uchun shartlar namoz o‘qish uchun qo‘yilgan shartlarning ayni o‘zidir: musulmonlik, oqillik, balog‘atga etganlik va hayzu nifosdan pok bo‘lish. Tilovat sajdasi to‘g‘ri bo‘lishi uchun tahoratli bo‘lish, badan, kiyim va makonning pokligi, qiblaga yuzlanish, satri avrat va niyat shart. Unda qo‘l ko‘tarilmaydi, tashahhud va salom ham yo‘q, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tilovat sajdasini qilganlarida bu narsalarni qilmaganlar. Unda sajdada aytiladigan tasbeh bor. Ya’ni tilovat sajdasida turganda namoz sajdasida aytiladigan tasbeh aytiladi. U quyidagi o‘n to‘rt oyatdan birini tilovat qilgan kishiga yoki eshitgan kishiga vojib bo‘ladi. 1. A’rof surasining oxiridagi 206-oyat. 2. Ra’d surasidagi 15-oyat. 3. Nahl surasidagi 49-oyat. 4. «Banu Isroil» (Isro) surasidagi 109-oyat. 5. Maryam surasidagi 58-oyat. 6. Haj surasidagi birinchi sajda oyati, ya’ni 18-oyat (bu suradagi ikkinchi sajda oyati, ya’ni 77-oyat hanafiy mazhabiga ko‘ra vojib emas). 7. Furqon surasidagi 60-oyat. 8. Naml surasidagi 26-oyat. 9. Sajda surasidagi 15-oyat. 10. Sod surasidagi 24-oyat. 11. Fussilat surasidagi 37-oyat. 12. Najm surasidagi 62-oyat. 13. Inshiqoq surasidagi 21-oyat. 14. Alaq surasidagi 19-oyat. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 159 | Qur’oni karim