telfondagi Kur’oni Karim

Assalomu alaykum muxtaram Shayx Xazratlari. Sizga bir savol bilan murojat kilmokchi edim.Xazrat men oldin bu mavzudagi savollarni kidirib kurdim, bir savolda, " kompiyuterda arabcha xariflar bilan ezilga Kur’oni Karimni taxoratsiz ukisa buladimi? " deyilgan savolga siz "buladi" degansiz, men mobel telfonimga Kur’oni Karimni arbcha kitob shaklini yuklab olgan edim. Mazkur yukoridagi javobingizni ukiganimdan kegin men xam telfonimdagi internetdan yuklab olganim Kur’oni Karimni taxoratsiz ukisam bular ekan degan tushunchaga keldim. Ammo bir ilmli akamiz sizdan yana bir surab kurishimni maslaxat berdilar, aytdilarki kompiyuterdagi Kur’oni Karimni xon ustida turgan xolatida ukiladi yani ushlab ukilmaydi lekigin telfondagisini esa kulda ushlabturib ukiladi, shunda xam taxoratsiz ukisa buladimi? Shuni surab kuring dedila. Ustoz mazkur telfonimdagi Kuroni Karimni taxoratsiz ushlab ukisam buladimi? Ustoz javobingiz uchun oldindan katta raxmat.Allox (j/j) ilmingizni va umringizni zieda kilsin.Allox sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mushafni – Qur’oni Karim kitobini tahoratsiz ushlab bo‘lmaydi. Siz o‘zingiz telefon demoqdasiz. Telefon mushaf emas. Doimo tahoratda yursangiz, Qur’oni Karim va unga bog‘liq barcha narsalarni tahorat bilan ushlasangiz juda ham yaxshi. Ammo fiqhiy hukm o‘zining qoidalari ila bayon qilinadi.

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 162 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar