Do‘stim bilan to‘g‘ri hulosaga keldikmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Do‘stim ishi qishloq joyga to‘g‘ri kelib qoldi, u mendan tasdiq uchun "jum’a menga hozir vojib emas-a?" - deb, so‘rayapti. Men Islom.uz dan qarab unga o‘qib berdim, ohiri u hutba qilishni bilmagani uchun 4 kishilik jamoat bo‘lsa ham o‘qiy olmasligiga xulosa qildik. Biz Rossiyani Moskva shahrida edik, u Naro Fominsk degan joyda ishlayapti, bu joy Moskvadan 75 km uzoqlikda, borib kelish qimmat pulga tushar ekan hamda ko‘p vaqt olar ekan, hozir o‘sha joyda 3 oy ishlar ekan… Hozir hutba qilishni bilmaganligi Jum’a namozini o‘qish uchun to‘siq halos deb kelgan to‘htamimiz to‘g‘rimi? Javobingiz uchun katta rahmat, Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday holatda peshinni o‘qiladi.

26 Май 2022, 19:58 | Савол-жавоблар | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar